«Tuya bilan bo'taloq» mavzusida haykal ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 14-mavzu Yangi tug'ilgan buzoqcha, qo'zichoq yoki uloqchani o'zgacha mehr bilan tomosha qilamiz. Xuddi shunday, toychoq yoki bo'taloq ham juda chiroyli bo'ladi. Hayvonlarni tasvirlash mavzusi qadim zamonlarda ham, hozir ham tasviriy san'atning eng qiziqarli janrlaridan biri bo'lib kelgan. Qadimgi Misrdagi Sfinkslarning toshdan ishlangan ulkan haykallari, Samarqand shahridagi Sherdor madrasasi peshtoqiga ishlangan sher va ohu tasviri, arxeologik qazishmalar chog'ida topilgan kulolchilik hamda zargarlik buyumlaridagi tasvirlar ham odamlar bilan hayvonlar o'rtasida bog'liqlik mavjudligidan dalolat beradi. Animalistik janr haykaltaroshlikda ham keng tasvirlanadi. Ayniqsa, dekorativ haykaltaroshlikda turli o'yinchoqlar ko'rinishidagi hayvonlar tasviriga keng o'rin berilgan Xalq ustalaridan Usta Jo'raqulov, Abdurahim Muxtorov, Hamrobibi Rahimovalarning ishlari nafaqat O'zbekistonda, balki chet mamlakatlarda ham mashhurdir. Ularning asarlari kichik hajmli dekorativ haykalchalar, hushtaklar bo'lganligi uchun haykaltaroshlikning bu turi mayda plastika deb ham ataladi. Mayda plastikadan farqli o'laroq dastgohli haykaltaroshlikda animalistik janrda ishlanadigan asarlar realistik usulda yaratiladi. O'zbekistonlik haykaltaroshlardan Abdumo'min Boymatovning «Bo'taloq», Turkman Esonovning «Cho'pon bola» nomli haykallarini diqqat bilan kuzatsangiz, bugungi darsda ishlashingiz lozim bo'lgan tuya haykalini tasvirlashingiz oson kechadi. Tuya haykalini ishlashga kirishishdan oldin tuyalar haqidagi tasavvuringizni ko'z oldingizga keltirishga harakat qiling. Tuya haykalini ishlashda uning o'rkachlariga e'tibor qarating, ya'ni ular bir va ikki o'rkachli bo'ladi. Qadimiy tasvirlar, jumladan, Sharq miniaturalarida ham, zamonaviy miniaturalarda ham tuya tasviri rassomlar tomonidan ko'p qo'llanilgan. Haykalni ishlashga kirishishdan avval uning ko'rinishini aniq tasavvur qilish uchun qalam bilan qog'ozga qoralama ishlab olasiz. Unda tuyaning tana qismlarining o'zaro nisbatlarini aniqlashtirib, so'ng ularga mos tarzda plastilindan bo'lakchalar tayyorlab, uning eng katta qismi - tanasi, boshi, oyoqlari, ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.13 MB
Ko'rishlar soni
316 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.13 MB
Ko'rishlar soni
316 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: pptx