Tasviriy san'at fanidan Men sevgan qahramon mavzusida portret chizish taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Men sevgan qahramon mavzusida portret chizish taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Men sevgan qahramon mavzusida portret chizish taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

28, 29-darslar. «MEN SEVGAN QAHRAMON» MAVZUSIDA PORTRET ISHLASH 5 sinf Tasviriy san'at darsligi asosisda. 2015 Portret ishlashda kishilarning tashqi qiyofasi va ichki psixologik xususiyatlari tasvir orqali ochib beriladi. Sevgan qahramonining portretini ishlashda biror shaxsga xos bo'lgan tashqi qiyofani, uning ichki dunyosini, xarakterini aks ettirish bilan birga, ma'lum tarixiy davrga xos fazilatlarini ham haqqoniy ifodalab beradi. Qahramonning ichki kechinmalarini uning yuz tuzilishi, nigohi, yurish-turishi va kiyimida ko'rish mumkin. Sevgan qahramonni turli ko'rinishda tasvirlash mumkin: Samimiy, musavvir ma'lum bo'lgan insonning o'ziga xos xususiyatlarini bo'rt tirib, oshkora ifodalaydi. Tantanavor, ommaviy joylarga mo'ljallangan mashhur kishilar portretlari. Ularda tasvirlangan insonning ko'rsatgan xizmatlari, jamiyatdagi o'rni, unga monand libos,interyer buyumlari ifodalanadi. Ijtimoiy, keng doiradagi hamjamiyat sinfining turmush tarzi ifodalanadi; Psixologik, unda xarakter yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etiladi. Kompozitsiya tuzilishi jihatidan portretlar ko'krakkacha, belgacha, tizzagacha, butun qomat va ko'p qomatli bo'lishi mumkin. Men sevgan qahramonning portretini ishlashda uning o'ziga xos xarakterini ifodalashda bosh va qo'lning qismi katta ahamiyatga ega. Tasvirlanadigan qahramonlar qo'l imo-ishoralari ko'magida suhbatlashadilar va bu xususiyatlar ham xarakterni yoritishda yordam beradi. Qahramonning ko'zini tasvirlash muhim ahamiyatga egadir. «Ko'z - qalb ko'zgusi» deyiladi xalq maqollarining birida. Ko'z murakkab joylardan biri bo'lib, o'ta aniqlikni va tafakkurni jamlashni talab etadi. Portret kompozitsiyasini boshlash hamda uning nisbati va ranglar yechimini topish uchun bir necha qalamchizgilar va etudlar bajarish lozim. Qalamchizgilar va etudlar ishlab chiqilgandan so'ng, ular umumlashtiriladi, xarakterli joylari belgilanadi, keyin yaxlitlik va uyg'unlik ustida ish olib boriladi. Men sevgan qahramon mavzusida portret ishlashda taniqli musavvirlar yaratgan asarlar portretlari yorqin misol bo'lib xizmat qiladi. Ularning zamirida qandaydir ma'no yotganligini, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.68 MB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.68 MB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga