Tasviriy san'at fanidan Sopol lagan uchun naqsh ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Sopol lagan uchun naqsh ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Sopol lagan uchun naqsh ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Sopol lagan uchun nAQSH ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 20-mavzu O'zbekistonning kulolchilik san'ati uzoq tarixga ega. Sopoldo'zlik kulolchilikning eng ommaviy turlaridan biridir. Shuning uchun sopoldo'zlik buyumlarini O'zbekistonning har bir xonadonida uchratish mumkin. Sopol lagan, kosa, choynak, piyola yoki likopchalar o'z funksiyasiga qarab turli shakl va o'lchamlarda yasaladi. Shuning uchun ularning badiiy bezagi ham har xil bo'ladi. Sopol idishlarning yana shunday turlari mavjudki, ular san'at asari sifatida binolarning ichki qismini bezash uchun ishlatiladi. Shunday sopol buyumlarni chet ellik sayyohlar, san'at ixlosmandlari yurtimizdan sovg'a sifatida olib ketadilar. Laganlarning chiroyli bo'lishi uchun ularning shakli va rangidan tashqari, nAQSHlari ham jozibali bo'lishi kerak. Sopol lagan uchun nAQSH ishlashdan oldin O'zbekiston sopoldo'zlik san'atining o'ziga xos jihatlari haqidagi bilimingizni xotirangizda qayta tiklashga harakat qiling. O'zbekistonning Toshkent, Rishton, Urgut, G'urumsaroy, Xiva kulolchilik maktablari mavjud. Ular bir-biridan bezak uchun ishlatiladigan badiiy elementlari, ranglari bilan farq qiladi. Lagan va uning turlari haqidagi tasavvurlaringizni tiklab olgandan so'ng o'zingiz ishlaydigan kompozitsiya haqida fikr yuritishingiz mumkin. Shuni yodda tutingki, lagan uchun ishlanadigan nAQSH kompozitsiyasi siz ikkinchi chorakda ishlagan doira ichidagi nAQSH kompozitsiyasiga o'xshash bo'ladi. Sopol lagan uchun ishlanadigan nAQSH kompozitsiyasini qalamda bajarib olganingizdan so'ng unga rang berishga kirishishingiz mumkin. Laganga ishlangan nAQSHga rang berishda ranglarning turlari (issiq va sovuq ranglar) hamda tuslari (to'q va och ranglar)ning kontrastliligidan unumli foydalanishga harakat qiling. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.62 MB
Ko'rishlar soni 217 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.62 MB
Ko'rishlar soni 217 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga