«Sport o'yinlari» mavzusida kompozitsiya ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 10-mavzu Mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz sportga, jumladan, bolalar sportiga alohida e'tibor bilan qaramoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sportning rivojlanishi natijasida ko'plab olimpiada, jahon va Osiyo chempionlari yetishib chiqdi. xalqaro sport musobaqalari g'oliblari yurtimiz bayrog'ini jahon sporti maydonlarida eng yuqori pog'onaga ko'tardilar. Ayniqsa, 2016-yilgi olimpiadada O'zbekistonlik 13 nafar sportchilarimiz g'olib va sovrindorlar shohsupasiga ko'tarilgani, Rustam Nuriddinov, Hasanboy Do'stmatov, Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G'oyibnazarovlar esa olimpiada chempioni bo'lganlar. Mamlakatimizda uch bosqichli «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» musobaqalari muntazam o'tkazilib kelinmoqda. Milliy kurashimiz jahon ahli tomonidan xalqaro sport turi sifatida tan olingan. Shuning uchun sport mavzusida rasm ishlash sizga qiziqarli bo'lsa kerak. «Sport o'yinlari» mavzusida rasm ishlashdan oldin o'zingizga yoqqan biror sport musobaqasini ko'z oldingizga keltiring So'ng tasavvuringizdagi epizodik holatni qoralama rasm tarzida qog'ozga ishlab ko'ring. «Kurash maydonida», «Yosh futbolchilar», «Gimnastikachi qiz», «Velopoyga», «Ring», «Polvon bo'laman», «Darvozabon», «Yosh tennischi», «Qilichbozlar» kabi variantlardan birini tanlashingiz mumkin. Kompozitsiya ishlashda dastavval sportga oid fotomateriallar bilan tanishib chiqsangiz kompozitsiyaga mavzu tanlashingiz oson bo'ladi. Odam tasvirini ishlayotganda musobaqa jarayonidagi qo'l, oyoq, bosh va tananing xarakterli holatlarini esga oling. Bu holatlar topilsa, o'yin paytidagi shiddat va joziba rasmingizda to'la aks etadi. Rasm ishlashda kishilar qiyofasini batafsil tasvirlashga ko'p e'tibor qaratish shart emas. Muhimi rasm mazmuni va mavzuni, sportchining harakat plastikasini ko'rsatib berishdir. ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
477 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
477 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: pptx