Kvadrat shaklida nAQSH ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 9-mavzu Inson azaldan o'zi ishlatadigan uy-ro'zg'or buyumlarini, istiqomat qiladigan turar joyini chiroyli nAQSHlar bilan bezatib yashashga o'rgangan. Bu esa amaliy bezak san'atining yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, ganchkorlik kabi turlarining yanada rivojlanishiga sabab bo'lgan. O'zbek yog'och o'ymakorlik va naqqosh ustalari Ortiq Fayzullayev, Yoqubjon Raufov, Toir To'xtaxo'jayev, Jalil Hakimov, Anvar Ilhomov, G'ani Karimovlar Me'moriy inshootlar ichki qismi devorlari va shiftlariga, xontaxta va kursilarga, yog'och ko'zalarga ishlangan nAQSHlari nozikligi, nafisligi va fusunkorligi bilan o'zbek amaliy bezak san'ati durdonalari hisoblanadi Kvadrat shaklida nAQSH ishlash uchun tomonlari 8 sm dan bo'lgan kvadrat chizib oling. Uni yuqorida ko'rsatilgandek teng to'rt bo'lakka bo'lib olib, har bir bo'lakka barg elementini, o'rtasiga esa diametri 4 sm bo'lgan aylana ichiga sakkiz bo'lakli oygul chizasiz. Oygulning to'rt tomonidan gajaksimon novda elementini chizib olasiz. Namunadagi nAQSHda kvadrat ichiga faqat islimiy nAQSH elementlari tushirilgan. Siz o'z ishingizda aralash nAQSH chizishingiz ham mumkin. Hosil bo'lgan shaklga ixtiyoriy nAQSH elementlari chiziladi. Barcha chizish ishlari tugaganidan so'ng, ortiqcha chiziqlar o'chiriladi va rang bilan bo'yashga o'tiladi. Namunada keltirilgan nAQSHda gul elementlari issiq, tagzamin (fon) esa sovuq ranglarda berilgan. Siz o'z nAQSH kompoztsiyangizda ham ranglarning ustuvor gammasini saqagan holda kontrast ranglardan o'rinli foydalanishga harakat qiling. O'zbekiston xalq rassomi Ortiq Fayzullayev O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Badiiy akademiyaning oltin me'dali sohibi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining Rasm va chizmachilik bo'limini tugatgan. Ortiq Fayzullayev U yog'och o'ymakorligi bo'yicha taniqli usta. Asarlari Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida, O'zbekiston mehmonxonasida, Navoiy nomidagi san'at saroyida, shuningdek, bir qator xorijiy mamlakatlarda mavjud. ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
333 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
333 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: pptx