Tasviriy san'at fanidan Bo'ri bilan turna masaliga illustratsiya ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Bo'ri bilan turna masaliga illustratsiya ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Bo'ri bilan turna masaliga illustratsiya ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

«Bo'ri bilan turna» masaliga illustratsiya ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 22-mavzu O'tilgan darslardan siz ertaklar nima maqsadda to'qilishi, nima sababdan ularni kattalar kichiklarga aytib berishini anglay oldingiz. Ertaklar, aslida, odamlarni yaxshilikka, ezgulikka undovchi vosita. Odamlarni ertaklar kabi yaxshilikka chorlovchi yana bir vosita bor. Bu masallardir. Unda hayvonlar xuddi odamlar kabi gapiradi. Hayotda aslida bir-birlari bilan hech qanday munosabatda bo'lmaydigan hayvonlar masalchining mahorati tufayli tilga kiradilar, bir-birlarinikiga mehmonga boradilar. Ayniqsa, rus masalchisi Ivan Krilovning masallariga mashhur rassomlar tomonidan ajoyib rasmlar chizilgan. «Kvartet» deb nomlangan masaliga Valentin Serov tomonidan chizilgan illustratsiyaga e'tibor qarating. «Bo'ri bilan turna» masaliga ishlagan illustratsiyasida boshqacha ishlangan kompozitsiya tanlangan Bir nomdagi asarga turlicha variantlarda illustratsiya ishlash, unda hayvonlarni xuddi odamlar kabi chizish mumkin. «Bo'ri bilan turna» masalining mazmuni ham ibratlidir. Unda o'zining ochko'zligi tufayli tomog'iga suyak tiqilib, nafas ham olishga holi qolmagan bo'rining tomog'idagi suyakni turna o'zining uzun tumshuqlari bilan sug'urib oladi Shuning uchun ham rassom masalning shu holatini tasvirlagan. Siz ham masal mazmunidan kelib chiqqan holda kompozitsiyaning bir necha xomaki variantlarini eskiz tarzida ishlab ko'ring. Kompozitsiya variantini topish da «Tulki bilan uzum» «Ninachi bilan chumoli» kabi masallarga ishlangan illustratsiya variantlaridan ham ijodiy foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, ustozingiz bilan maslahatlashgan holda o'zingizga ma'qul bo'lgan boshqa masalni ham tanlashingiz mumkin. Rasm ishlash jarayonida maqsad faqat tasviriy malakangizni oshirish emas, balki masalning mazmunini chaqib, o'z hayotingizda undan ibrat sifatida foydalanishga harakat qiling. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 355 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 355 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga