Tasviriy san'at fanidan Men sevgan hayvon, qish manzarasi mavzularida rasm chizish taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Men sevgan hayvon, qish manzarasi mavzularida rasm chizish taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Men sevgan hayvon, qish manzarasi mavzularida rasm chizish taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 14-15-mavzu: Uy hayvonlariga - ot, sigir, qo'y, mushuk, kuchuk, quyon kabilar, yovvoyi hayvonlarga - yo'lbars, sher, bo'ri, tulki, ayiq, fil kabilar kiradi. Hayvonlar tabiatimizning chiroyi, ular biz bilan birgalikda hayot kechiradi. Hayvonlar tabiatning har xil sharoitlariga moslashgan bo'lib, yashash joylari bir-biridan farq qiladi. Hayvonlarning rasmini ishlayotganingizda, avvalo, ularni sinchiklab kuzatish va o'rganish lozim. Ularning tanasi qanday qismlardan tuzilganligini va bu qismlar qanday shaklga ega ekanligini aniqlash kerak. Masalan, mushukning harakatchanligi, oyoqlarining chaqqonligi, unga daraxtga, tomlarga chiqishiga, ov qilishiga yordam beradi. Mushukning tanasi, to'rtta oyog'i, kallasi, dumi, quloqlarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Mushuk ning eng katta qismi - bu uning tanasi bo'lib, oval shaklida, boshi esa, sharsimon, quloqlari uchburchak, dumi esa, egri shaklda bo'ladi. 5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 15-mavzu: Qish faslining go'zalligini, rang-barangligini, oppoq qor yerni qoplaganligini, bolalarning qish paytidagi har xil o'yinlarining kompozitsiyasini tuzish mumkin. Tabiat go'zalliklarini tasviriy san'at asarlari orqali idrok etishni shakllantirishda rassomlardan K. Korovin, N. Yuon, O'. Tansiqboyev, R. Ahmedovlarning ijodi katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, T. Kuzievning «Qish» nomli suratini quyidagicha tahlil qilish mumkin: 1. Suratda qaysi faslga xos bo'lgan ko'rinish tasvirlangan? 2. Rassom surat orqali bizning e'tiborimizni nimaga qaratadi? 3. Suratning kompozitsiyasi, tuzilishi va undagi narsalarning nisbatlari qanday? 4. Rassom qish manzarasi ko'rinishini qay darajada tasvirlab bera olgan? Tasviriy san'at asarlarini kuzatib o'rganishda tabiatni idrok etish bilan bir qatorda, tabiatga bo'lgan muhabbat, qiziqish ortadi. Natijada tasviriy san'atning tili, tasviriy san'at vositalari bo'lgan kompozitsiya, harakat markazi, muvozanat va ranglar haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'linadi. Qish manzarasi rasmini chizish uchun rassomlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga