5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 25-26-mavzu: 8-mart bayramiga devoriy gazeta ishlash. Nazorat ishi Devoriy gazetalarning turlari ko'p bo'ladi. Ular yumoristik, satirik, biron-bir bayramga bag'ishlangan maxsus gazeta bo'lishi mumkin. Maktabda devoriy gazeta yetakchi o'rinni egallaydi. Ular bayram kunlari munosabati bilan ham chiqariladi. Bugungi gazetamiz mavzusi 8-mart - xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan. Bu bayram kuni har bir o'quvchi o'z onasini, buvisini, opa-singillarini, o'qituvchisini bayram bilan tabriklaydi. Gazetaning nomi qog'oz formatining yuqori tomonida, gazeta sarlavhasi uchun ajratilgan qismda yirik harflar bilan yoziladi. Gazetaning nomini yozishda yozma, bosma, kursiv va turli badiiy harflardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, mavzuga mos jozibali rasmlar katta rol o'ynaydi. Rasmli gazeta mazmuniga muvofiq bo'lsa, o'quvchilarni o'ziga jalb qiladi. Devoriy gazetani bezashda, bo'limlar sarlavhasiga, maqolalarga, so'nggi bezaklar va turli karikaturalarga e'tibor berish lozim bo'ladi. Masalan, 8-mart bayramiga bag'ishlangan devoriy gazetani faraz qilaylik. Bezatishda, albatta, chap tomonida ayollar, bahor gullari tasvirlanadi va sarlavha yirik harfl ar bilan yoziladi. O'ng tomoni ustunlarga bo'linadi, birida tabriklar, maqola, rasm-karikaturalar joylashtiriladi. 5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 26-mavzu: Navro'z - O'rta Osiyo xalqlarining an'anaviy qadimiy Yangi yil bayrami hisoblanadi. Kun bilan tunning baravar kelishi va tabiatning bahorgi uyg'onishi - 21-martdan yil boshi hisoblangan. Xususan, mamlakatimizda ushbu kunlarni munosib kutib olish uchun turli xil tantanali tadbirlar o'tkaziladi. Shuningdek, uy-joylarni tozalash, gul va daraxtlar o'tkazish, ota-ona, yaqin kishilar bilan diydor ko'rishish, marhumlarning qabrlarini ziyorat qilish odat tusiga kirgan. O'zbek xalqida Navro'z bayrami munosabati bilan sumalak, halim, ko'k somsa va milliy taomlar tayyorlanadi. Bayramning birinchi kunida mamlakatmizda turli xil sport o'yinlaridan - otchopar, uloq, kurash, dor o'yini, har xil bellashuvlar ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt