Tasviriy san'at fanidan Amaliy san'atda ifodaviy vositalar taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Amaliy san'atda ifodaviy vositalar taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Amaliy san'atda ifodaviy vositalar taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 1-mavzu: Amaliy san'atda ifodaviy vositalar. Amaliy san'atning ifodaviy vositalari uning xususiyatlariga qarab turlicha bo'ladi. Amaliy san'atda ritm, simmetriya, shakl va rangdan asosiy tasviriy vosita sifatida foydalaniladi. Masalan, naqqoshlikda asosiy vosita sifatida rang muhim rol o'ynasa, yog'och o'ymakorligida yog'och, miskarlikda sariq va qizil mis metall, kulolchilikda loy, kashtachilikda ipak iplar, zardo'zlikda baxmal bilan zar iplardan asosiy tasviriy vosita sifatida foydalaniladi. Ularning barchasi uchun xos bo'lgan asosiy vosita - bu kompozitsiya. Amaliy bezak san'ati juda qadim zamonlarda paydo bo'lib, xalq hunarmandchiligi tarzida rivojlandi. Amaliy san'at naqqoshlik, ganchkorlik va badiiy bezakning boshqa ko'rinishlarida namoyon bo'ladi. Qadimdan ota-bobolarimiz naqqoshlik san'ati bilan shug'ullanib, shuhrat qozonishgan. O'zbek ustalari faqat uy-ro'zg'or buyumlari bilan cheklanib qolmay, balki uy-joy va jamoat binolarining devor va shiftlarini ham mohirona bezab kelganlar. San'atning bu turida har bir xalq o'zicha ijod qiladi. Masalan, rus amaliy san'atida tekislangan yog'ochga usta o'simlik shaklidagi nAQSH rasmini tushiradi, keyin unga maxsus bo'yoqlar beradi. U bir oz quriganidan so'ng bo'yog'i o'chib ketmasligi uchun ustidan bir necha bor tiniq lok surtiladi. O'zbek ustalarining ish uslubi boshqacharoq. Eskiz asosida duradgor tayyorlagan yog'och qutichaga yelim surtiladi. Jilvir qog'oz bilan tozalangan materialga bronza rang beriladi. Bronza ustidan ulgi asosida kompozitsiya tasviri tushiriladi Uning ustiga qora bo'yoq surtib, nAQSH ishlanadi. NAQSHlar o'chib ketmasligi uchun bir necha bor toza lok surtiladi. Naqqosh ustalardan A. Qosimjonov, Y. Raufov, T. To'xtaxo'jayev, A. Boltayev, S.Norqo'ziy ev va J.Hakimovlar san'atning bu turida samarali mehnat qilib, shuhrat qozonishgan. Amaliy san'at turlarida simmetriya muhim rol o'ynaydi. Simmetriya deyarli hamma janrlarda ishlatiladi va uni amaliy ko'rish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.22 MB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.22 MB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga