Tasviriy san'at fanidan Badiiy bezak grafikasi taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Badiiy bezak grafikasi taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Badiiy bezak grafikasi taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 24-mavzu: Maktabda o'tkaziladigan kechalar, uchrashuvlar, ko'rgazmalarning ochilishi, ularning muhokamasi kabi tadbirlarni amalga oshirishda taklifnoma, ramzlarning ma'lum hissasi bor. Taklifnoma ko'p nusxada yoziladi. Shuning uchun u sodda va ravon bo'lishi zarur. Taklifnomani tayyorlashdan oldin uning eskizi (xomaki rasm) ishlanadi va jamoada muhokama qilinadi. Shundan so'ng, eskiz o'lchamidagi kattalikda kartondan shakl yasab olinadi. Keyin bu shakl oq qog'ozga qo'yilib, kerakli miqdorda qog'oz kesib olinadi. Taklifnomaning o'lchami 1:2 nisbatda bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Buklangan qog'ozning tashqi tomoniga «Taklifnoma» so'zi yoziladi. Bu so'z plakat, husnixat, trafaret harfl arida yozilishi mumkin. Yozuvdan tashqari, turli tasvirlar yoki voqeaning mazmunidan darak beradigan rasmlar ham ishlash mumkin. Taklifnomaning ichki tomonida taklif qilinayotgan shaxsning ismi, sharifi, bo'ladigan tadbirning nomi, qachon va qayerda o'tkazilishi va bu kechani kim tashkil qilayotgani ko'rsatiladi. Har qanday davlatning o'z ramzi bo'ladi. Uning muqaddas timsollari-gerb, bayroq, madhiya hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi taniqli grafik rassom Anvar Mamajonov tomonidan yaratilgan va 1992-yil 2-iyulda tasdiqlangan. Respublikamiz gerbining tuzilishi dumaloq shaklga ega. Uning chap tomonida paxtaning ochilgan chanoqlari, o'ng tomonida esa, bug'doy boshoqlari O'zbekiston bayrog'i bilan o'ralgan holda tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida sakkiz burchak ichida yarimoy va yulduz tasvirlangan. O'rtada tasvirlangan qanotlarini yozib turgan Humo qushi xalqimizning tinchlik, totuvlik, farovonlik, baxt-saodatga intilish yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Tasviriy san'atning ramzlar bilan shug'ullanuvchi sohasi mavjud, ular rangtasvir, grafika, dizayn san'atini o'zida mujassam etgan holda ramziy belgilarni tasvirlaydi. O'qituvchi va murabbiylar kuniga ba g'ishlangan ramzlar eskizini tavsiya qilamiz. Badiiy harflar. Kitob matni yoki bo'liml arining boshlanishidan oldin turli bezakli harflar va mavzuli rasmlar tasvirlanadi. Bularni boshlanish bezaklar (bosh ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 804.32 KB
Ko'rishlar soni 755 marta
Ko'chirishlar soni 93 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 804.32 KB
Ko'rishlar soni 755 marta
Ko'chirishlar soni 93 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga