5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 1-mavzu: DIZAYN SAN'ATINING IFODA VOSITALARI Tilimizda «dizayn» atamasi paydo bo'lganiga ko'p bo'lgani yo'q. Dizayn-Ingliz tilidan olingan so'z bo'lib, chizma, rasm, loyiha ma'nolarini anglatadi. Dizayn - yasash, ixtiro tushunchalarini; dizayner - rassom, konstruktor; dizayn-shakli - buyumning tashqi shakli ma'nolarini bildiradi. Mashhur italyan arxitektori va dizayneri D.Ponti, dizaynning maqsadi go'zal shakllar, qulay va chiroyli buyumlar yaratishdan iborat, deb hisob laydi. Dizayn san'ati uch turga, ya'ni: me'morlik dizayni (interyer, eksteryer, landshaft), sanoat dizayni (og'ir va yengil sanoat), nashriyot dizayni (jurnal, gazeta, kitob, tabriknomalar)ga bo'linadi. Dizayn badiiy loyihalashning asosiy vazifalariga ramziy belgilar, qadoqlash qutilari, yodgorlik buyumlari, turli kostumlar, reklamalar, mebel, yoritish asboblari, bolalar o'yini kompleksi, interyer va eksteryerning badiiy eskiz va maketlarini tayyorlash kiradi. Masalan, «buyumlar dizayni», «avtomobillar dizayni», «liboslar dizayni» va boshqalar. Dizaynerlar metro bekatlari arxitekturasini, vagonlarni, yozuvlarning katta-kichikligini, eskalatorlarning shaklini hal qiladilar. Natijada, O'zbekiston metrosi va uning qulay vagonlari, stansiyalarining yorug' va chiroyli bezatilgan zallari shakllandi. Bugungi kunda hayotimizning hech bir sohasini, jumladan, ta'lim tizimini ham axborot texnologiyalari hamda uning asosi bo'lgan kompyuterlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Texnika yo'nalishidagi turli-tuman dizaynerlik san'atining namunalarini ko'rishimiz mumkin. Serquyosh O'zbekistonda dizayn ham o'zining mahalliy belgilari bilan farq qiladi. Masalan, Andijondagi Asaka avtomobil zavodining konstruktorlik byurosi o'zining yetakchi dizaynerlari kuchi bilan avtomobilning bir nechta modellarini yaratdi. Hozigi kunda «GM O'zbekiston» qo'shma korxonasida mashhur «Chevrolet» markasi asosida «Malibu», «Сaptiva», «Lasetti», «Сobalt», «Nexia», «Spark», «Damas» rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Dizayn san'atining turlaridan biri - bu badiiy konstruksiyalash. Bunda o'quvchilar har xil ko'rinishga ega bo'lgan qutilarga badiiy bezak berib, uni jihozlaydi, shu bilan birga, bayramlarga ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.81 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.81 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt