Tasviriy san'at fanidan Grafikada ifoda vositalari taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Grafikada ifoda vositalari taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Grafikada ifoda vositalari taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 1-mavzu: Tasviriy san'atning grafi ka turining ham o'ziga xos tasviriy-ifodaviy vositalari mavjud. Jumladan, tasvirlash chiziq (shtrix)lardan to'g'ri va o'rinli foydalanishni talab etadi. Ular o'z shakllariga ko'ra to'g'ri, qiya, yoysimon, to'lqinsimon, aralash bo'ladi Ular tasvirlanayotgan buyumlarning shakli, konstruktiv tuzilishiga qarab qo'llaniladi. Masalan, sharning yorug'-soya qismini shtrixlash vositasida uning hajmini tasvirlashda yoysimon chiziq (shtrix)lardan foydalanish tavsiya etiladi, ya'ni tasvirning shakli, hajmi va obrazning xususiyatini ochib berishi uchun shtrix turlari turli joyda har xil qo'llaniladi. Grafik asarlar ta'sirchanligining ifodaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida qog'ozda tush bilan ishlash texnikasidan ham foydalanish mumkin. Yuqoridagi rasmlarda ko'rsatilgan ishlarda shunday usul qo'llanilgan. Bu texnika xitoylik rassomlar orasida ommalashgan. Grafika asari yaratishda shtrixlardan ifodaviy vosita sifatida qo'llaniladi. Rassomlar grafikada shtrixlashning turli shakllaridan foydalanadilar. Bu shtrixlar rassomning ish uslubini belgilab beradi. Masalan, rassom tomonidan «Ov qilayotgan mushuk» kompozitsiyasini yaratishda shtrixlar o'rinli qo'llanganini ko'rishimiz mumkin. Rassom Pablo Pikassoning «Tinchlik kabutari» nomli asari ham bunga yaqqol misol bo'la oladi Grafika asari yaratishda qiya shtrixlar ifodaviy vosita sifatida foydalaniladi. Bu qiya shtrixlar narsalarning fakturasini, qanday materialligini belgilab beradi. Masalan, kesilgan daraxt tanasining tasvirini ishlashda shtrixlar o'rinli qo'llanilganini ko'rishimiz mumkin. Grafik asarlarda nuqtalardan ham tasviriy-ifodaviy vosita sifatida foydalaniladi. Tasviriy san'at asarlarining ifodaviy ta'sirini oshirish maqsadida turli materiallarni qo'llash mumkin. Masalan, tasvirlar tush, qalam, flomasterda mahorat bilan tasvirlangan. Grafika mazmuni va tuzilishi bo'yicha rangtasvirga yaqin, ammo o'zining vazifasi va imkoniyatlariga egadir. Grafikaning rangtasvirdan farqli tomoni shundaki, asosiy tasvirlash usuli faqat bir xil tusdagi rasmlar (ya'ni, chiziq, yorug'-soya); undagi rangning o'rni nisbatan chegaralanganidadir. Grafik rassomlar M. Kagarov, Q. Basharov, M. Sodiqov, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.04 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.04 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga