5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 6-mavzu: Hajm - haykaltaroshlik asosi. Odam haykalini yasash Haykaltaroshlik san'atining qadimgi namunalari xalqlar tarixini, turmush tarzini o'zida aks ettirgan. Eramizdan avvalgi V-IV asrlardagi haykaltaroshlar yog'och, tosh, marmarga ishlov berishni mukammal o'zlashtirganlar, shuningdek, bronzani eritib quyish texnologiyasini yo'lga qo'yishgan. Marmar haykallarni odam tanasining rangi singari bo'yaganlar. Yog'ochdan ishlangan ayrim haykallar ustiga odam tanasining rangini beradigan fil suyagidan ishlangan yupqa plastinkalar yopishtirilgan. Haykallar shu darajada qoyilmaqom qilib ishlanganki, ular tirikdek, nafas olayotgandek tuyuladi. Eramizdan avvalgi V asrga kelib haykaltaroshlar odam gavdasining harakat qilib turgan holatlarini tasvirlashni o'rganganlar Ular odamlarning yugurayotgan, nayza otayotgan yoki jang qilayotgan holatini tasvirlab ko'rsatganlar. Mashhur yunon haykaltaroshi Mironning «Disk otuvchi» asari har tomonlama mahorat bilan yaratilgan, uni ko'rgan kishi hayratga tushadi. Yunon tarixida keltirilishicha, Afrodita go'zallik va muhabbat ramzidir. Buni Afroditaga bag'ishlangan haykallarda ko'ramiz. Ular nafisligi, go'zalligi bilan tomoshabinni o'ziga rom qiladi. Bu o'rinda, ayniqsa, «Milos Afroditasi» haykali alohida diqqatga sazovordir. Eng qadimgi xalqlardan hindlar o'zlarining dini, e'tiqodi bo'lmish Buddaga oid minglab haykallar yaratganlar. Mikelanjelo Buonarotti haykaltaroshlik, me'morchilik, rassomlik janrlarida ijod qilib, badiiy jihatdan go'zal asarlar yaratgan. Uyg'onish davrining buyuk san'atkori Mikelanjelo 1475-yil 6-martda Florensiya yaqinidagi Kapreze shaharchasida dunyoga kelgan. Uning yoshligi Florensiyada o'tdi. 13 yoshida u florensiyalik Domeniko Girlandayo ustaxonasiga o'qishga kiradi. Mikelanjeloning birinchi mustaqil ishlagan asari «Zina oldidagi Madonna» (1492-y. Florensiya, Buonarotti muzeyi), «Kentavrlar jangi» (1494-y. Florensiya, Buonarotti muzeyi), Rimda yaratilgan «Pyete» (Isoga aza tutish. 1498-1501-yillar) haykallari unga haqiqiy shon-shuhrat keltiradi. Mikelanjelo tomonidan 1504-yilda yaratilgan va Florensiyaning bosh maydoniga o'rnatilgan, bahaybat «David» haykali «zamonaviy antik grek va rim haykallarining shon-shuhratini olib ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
259 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
259 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt