5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 1-mavzu: Haykaltaroshlikdaifoda vositalari Haykaltaroshlik asari yaratishda asosiy ifodaviy vosita sifatida hajm, plastika, material, fakturadan foydalaniladi. Haykaltaroshlikda asosiy ifodaviy vosita uning hajmi hisoblanadi. U har tomondan ko'rinadi. Haykaltaroshlikda ifodalanadigan asosiy obyekt - odam. Haykaltaroshlik insondagi qahr amonlik, go'zallik, buyuklikni gavdalantiradi va abadiylashtiradi. U qanday materialda ishlashni o'ylangan g'oya va obrazga mos ravishda tanlaydi. Bu ishda tasodifi ylik bo'lmaydi, chunki bitta ish -yog'ochdan, ikkinchisi - marmartoshdan, uchinchisi - bronzadan yasaladi. Masalan, bronza materiali ko'proq mayda qismlar; yog'och esa, mayinlik xususiyati, marmar - samimiylik, tosh - obrazli umumlashtirib ishlash imkoniyatini beradi. Albatta, asar birdaniga materialda ishlanmaydi. Dastlab, haykaltarosh o'z fikrlarini qog'ozda aniqlaydi, keyin uni loydan, plastilindan yoki gipsdan yasaydi. Undan keyin g'oya asosida tayyorlangan eskizni tanlangan qattiq materialdan ishlashga o'tiladi. Monumental haykallar uzoqdan ko'rishga mo'ljallangan. Bu borada Respublikamizdagi barcha shaharlarda ulug' ajdodlarimizning haykallarini ko'ramiz. O'zbekistonda taniqli haykaltaroshlik san'atining mahoratli ustalaridan, ayniqsa, Abdumo'min Boymatov, Ilhom Jabborov, Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev, Anvar Rahmatullayev va boshqa bir qancha haykaltaroshlarning asarlari ko'pchilikning e'tiborini o'ziga tortadi. Haykaltaroshlik ishlov berish usullari hamda tabiatda ma'lum hajmga ega bo'lgan detallar, shakllar orqali tasvirlanadi. Uning «Nafis haykaltaroshlik» turi ham mavjud. Bu usul haykaltaroshlikda maishiy plastika, deb ataladi. Nafis haykaltaroshlik buyumlari o'zining nafisligi, kichik o'lchamligi bilan ajralib turadi. Uni qo'lga olib ko'rish mumkin. Nafis haykaltaroshlikda chinni, sopol, yog'och, metall va toshlarning qimmatbaho turlari, fil suyagi kabilardan foydalaniladi. Haykaltaroshlikning keng tarqalgan turlaridan biri - loy yoki plastilin bilan ishlash. Haykaltaroshlar haykal maketini, xalq amaliy san'ati ustalari o'yinchoqlar va mayda plastika tayyorlashda ushbu xomashyolardan foydalanadilar. O'zbekistonda turli o'yinchoqlar ishlaydigan xalq ustalari ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt