Milliy idishlardan tuzilgan mavzuli naturmort (2-3 ta buyum)ni rangtasvirda ishlash 5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 18-19-mavzu: Akvarel bo'yog'ida milliy idishlardan tuzilgan mavzuli naturmortni bajarish uchun 2-3 ta narsadan iborat bo'lgan, rang va tus munosabatlari bir-biridan farq qilgan, ular shakliga ko'ra unchalik murakkab bo'lmagan buyumlar bo'lishi kerak. Sodda narsalardan tuzilgan qo'yilmalarni astoydil ishlab, ijobiy natijalarga erishmasdan turib, murakkab natura qo'yilmalarini bajarishga o'tish noto'g'ri. Akvarel bo'yog'ida mashqlarni muntazam ravishda bajarish va ularni asta-sekin murakkablashtirib borish maqsadga muvofiq. Naturmortni akvarel bo'yoqlari bilan ishlash jarayonini (ko'rgazmali) amaliy namoyish etish uchun biroz murakkab bo'lgan mevalar va maishiy narsalardan tuzilgan natura qo'yilmasini olamiz. Qo'yilmadagi idish tekis yaltiroq yuzaga ega, shuningdek, ravshan ifodalangan (nur) shu'lasi mavjud. Hamma narsalar stol ustiga joylashtirilgan, orqada yorqin kulrangdagi devor foni va sidirg'a matolar. Mevalarda belgilangan yarimsoyalar aniq ko'rinib turibdi. Idishda iliq va sovuq reflekslar mavjud. Bunday tuzilgan naturmortning qalamtasviri qiyinchilik tug'dirmaydi, ammo ranglarda tasvirlash biroz murakkabroq, chunki mevalarning aniq rangini tasvirlash uchun rang munosabatlariga qat'iy amal qilishimiz kerak. Bo'yoqning dastlabki qatlamini qo'yishdan boshlab, rang munosabatlaridagi mutanosiblikni saqlab borish kerak. Akvarel bo'yoqlari qurigach, biroz oqaradi, shuning uchun ham ularni rang jihatdan to'qroq olish mumkin. Akvarel bo'yoqlari bilan tasvirlash jarayonida narsa va buyumdagi yorug' bo'lib turgan qismlarni bo'yamaslikka harakat qilish kerak. Ranglar birdaniga olinib, kerakli joyga surtilsa, uning yonidagi tuslarni ham topish yengil ko'chadi. Har bir narsaning hajmdor shaklini yorug'-soyaning tuslanishi bilan bog'liq bo'lgan rang o'zgarishlarini e'tibor bilan kuzatib borish kerak. Jigarrang idish yarimsoyada va yorug'likda xilma-xil rang turiga ega. Fondan tushayotgan reflekslar jigarrang emas, balki siyohrangdir. Undan tashqari, mevalar soyasida reflekslar mavjud, ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.05 MB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.05 MB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt