5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 4-mavzu: Oq va qora ranglar birikmasiga asoslangan chiziqli tasvirlar ham grafika san'at turiga kiradi. Grafika yunoncha «grapho» so'zidan olingan - «chizaman, yozaman, rasm chizaman», degan ma'noni bildiradi. Grafik rasm ishlashda, asosan, ikkita oq va qora ranglardan foydalaniladi. Turli grafik rasm ishlash vaqtida xususiyatlariga ko'ra, qora rangdan quyuq, qalin, qayg'uli joylarda, oq rangdan esa, tiniq va nozik, ulug'vor va shodlik kayfiyatini tasvirlashda qo'llaniladi. Oq va qora ranglar bir-biriga nisbatan qarama-qarshi ranglardir. Berilgan rasmda ikkita - oq va qora ranglar orqali hayvon tasviri ifodalangan. Rassom ikki rang bilan hayvonning kayfiyatini, ajoyib shaklini va harakatini to'g'ri tasvirlay olgan va qarama-qarshi bo'lgan oq va qora ranglardan mahorat bilan foydalangan. Qora otning silueti oq fonda aniq ajralib turadi. Siluet tasviriy san'atning turi sifatida juda qadim zamonda - eramizdan avvalgi VI asrda paydo bo'lgan. Biroq, bu san'at XVII asrning birinchi yarmida Fransiyada Eten de Siluet nomi bilan qaytadan vujudga keltiriladi. Oq va qora ranglardan grafik rasm ishlashda ayol siluetchilar orasida Yelizaveta Byomning ijodi alohida ahamiyatga egadir. Uning «Bolalar hayotidan siluetlar» nomli taniqli kitobi nashr etilgan. Mana shu kitobdan ayrim grafik rasmlarni ko'rishimiz mumkin. Keyinchalik, XX asrda qora siluetli rasmlar ishlash rassom Y.S. Kro'g'likovaning diqqat-e'tiborini o'ziga tortadi. Grafik rasmda xotirjam, o'ychan holatlarni ifodalovchi manzarani tasvirlashda, albatta, ravon, xotirjam, aylanasimon, siniq, qiyshiq chiziqlardan foydalaniladi. Daraxt obrazini tasvirlashda vertikal va gorizontal holatdagi chiziqlar yordamida uning shox-shabbalari, tana shakllari ifodalanadi. Endi hayajonli, jo'shqin, jiddiy ko'rinishdagi manzara kompozitsiyasini chiziq va oq-qora usulda tasvirlashni o'rganamiz. Bu «Qarag'aylar», «Olma daraxti» tushda ishlangan kompozitsiyani bajarishda chiziq va yorug'-soyaning turli ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.79 MB
Ko'rishlar soni
420 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.79 MB
Ko'rishlar soni
420 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt