Tasviriy san'at fanidan Oydin tundagi yoki quyoshning botish chog'idagi daraxtni tasvirlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Oydin tundagi yoki quyoshning botish chog'idagi daraxtni tasvirlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Oydin tundagi yoki quyoshning botish chog'idagi daraxtni tasvirlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 7-mavzu: Shamolsiz, tinch issiq tun. Atrof jimjit. Osmonda to'lin oy nur sochib, butkul dalaga yorug'lik berib turibdi. Suv yuzasida oyning shu'lasi ko'lni ko'qish, sariq, oltin rangga bo'yab, jilvalanib turibdi. Daraxtlar bir-biri bilan asta pichirlashib, uyquli tunning tinchligiga quloq solgandek. Endi, shu ko'rinishni qog'ozda tasvirlashga o'tsak. Buning uchun suratning asosiy tasvir yechimini topish lozim. Tasviriy san'at tilida tabiat manzarasini tasvirlash degani - ko'l, oy, daraxtzor - bularning hammasi bir butun ko'rinishni tashkil qiladi. Tabiatning go'zal manzarasini tasvirlash naqadar qiyin ekanligiga qaramay, rassom o'z fikrini bizga mohirlik bilan yetkaza olgan. Bulut orasidan chiqqan oy suv yuzasiga yorug' shu'la sochib, qirg'oqlar qizil-qo'ng'ir rangga bo'yalib, oldingi ko'rinishdagi daraxtlar quyuq bo'yoqlar bilan bo'yalgan. Barchasi o'z o'rnini topib, havo, bo'shliq, makon alohida e'tibor bilan ko'rsatilgan. Suratni guash yoki akvarel bo'yoqlari bilan tasvirlash hamda ular bilan tabiat manzarasini go'zal va mazmunli qilib chizish mumkin. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, taniqli rangtasvir ustasi G'ofur Abdurahmonovning o'zbek rassomchiligi rivojiga qo'shgan hissasi katta. U Toshkent tumani Keles qishlog'ida dunyoga kelgan. 1955-yili P. Benkov nomidagi badiiy bilim yurtini tugatgan. U yerda M. Nabiyev, H. Rahmonov, T. Oganesov kabi ustozlardan saboq olgan. So'ngra, Toshkent Teatr va rassomchilik institutini professor R. Ahmedov ustaxonasi bo'yicha tamomlagan. G'. Abdurahmonov rangtasvir san'atida barakali ijod qildi. Uning asarlaridagi xarakterli xususiyat shundaki, u naturaning cheksiz imkoniyatlarini to'la egallashga intildi. Rassom ijodida etudlar alohida o'rin tutadi. Tabiatda kechayotgan jarayonlar, tuslanish va o'zgarishlar, bir holatdan ikkinchi holatga o'tish, yorug'-soya ta'sirida kelayotgan nozik farqlarni ilg'ab, tasvirda jonlantirish musavvirdan iste'dod va qobiliyat talab etadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 387 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 387 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga