5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 30-mavzu: Plastilin yoki loydan xarakterli kayfiyatdagi portret ishlash Buyumning konstruktiv xususiyatlari va nisbatlarining xarakterli shakllarini qurish, o'quvchilarning ko'z bilan chamalash, qo'lning harakatini o'stirishga, vazifani izchillikda bajarish ko'nikmasini tarbiyalashga, materiallar xususiyati to'g'risidagi bilimini egallashga ko'maklashadi. Haykaltaroshlik uchun ishlatiladigan xomashyo - loy va plastilin hisoblanadi. Tayyorlangan yaxlit loy yoki plastilin bo'lagi olinadi. Xarakterli kayfiyatdagi portretni ishlash uchun haqiqiy suratiga qarab portret nusxasi yasaladi. Uning o'lchamiga moslab loy yoki plastilin bo'lakchalari tayyorlanadi. Xarakterli kayfiyatdagi portretni ishlash uchun simdan boshning nisbatlari hisobga olinib, sxematik karkasi tayyorlab olinadi. Avval tuxumsimon shaklning ichini sim yog'ochlar bilan tugib, temir ushlagichga karkas tayyorlanadi. Temir ushlagichning pastki tomoni dumaloq yoki to'rtburchak shaklida bo'lib, uni oldindan tayyorlangan taxtachaga mahkamlanadi. Karkasga loy yoki plastilin shakl bo'yicha yopishtiriladi. Yog'ochdan tayyorlangan stekdan foydalanish o'rinli hisoblanadi. So'ng tanlangan xarakterli kayfi yatdagi portretning qismiga dastlabki shakl beriladi. Bunda boshning bo'laklari burun, ko'z, lab, quloq va soch qismlari belgilanib, o'z o'rniga o'rnatib chiqiladi. Ulangan joylar yaxshilab silliqlanib, umumiy boshga ishlov beriladi. Keyin tayyor portretning sirti suvda namlangan latta yoki barmoq bilan silliqlab chiqiladi. Endi tayyor bo'lgan xarakterli kayfi yatdagi portretga steklar yordamida badiiy ishlov beriladi. Loydan ishlangan bo'lsa, soyada yaxshilab quritiladi. Xarakterli kayfiyatdagi portret jihatlarini ishlashda berilgan rasmlardagi haykaltaroshlar tomonidan yaratilgan haykallardan unumli foydalanish mumkin. Buyum yasashda ko'proq kulrang loy qo'llaniladi. Loy quyidagicha tayyorlanadi: quritilgan kesakni mayda bo'laklarga bo'lib, ularni plastmassa idishga qatlam bilan joylashtiriladi, har bir qatlamga suv solib turiladi. Bir kundan keyin loy puxtalik bilan xamirsimon holatigacha aralashtiriladi, agarda qo'lga yopishmasa, demak, loy ishlatish uchun tayyor holatga kelgan hisoblanadi. ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
972.31 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
972.31 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt