Tasviriy san'at fanidan Qalamda shtrixlar yordamida tasviriy obrazlar yaratish taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Qalamda shtrixlar yordamida tasviriy obrazlar yaratish taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Qalamda shtrixlar yordamida tasviriy obrazlar yaratish taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 2-3-mavzu: Qalamda turli chiziq (shtrix)lar yordamida tasviriy obrazlar yaratish Tasviriy san'at turlarining asosi qalamtasvir hisoblanadi. XVII asrdan boshlab «Qalamtasvir» tushunchasi chiziqlar yordamida obraz yaratish sifatida tasvirni belgilovchi termin bo'lib hisoblanadi va barcha tasviriy san'at turlaridagi narsa(buyum)ning shakli, o'lchami, tuzilishi va xarakterini belgilab beruvchi muhim xususiyatlari bilan namoyon bo'ladi. Qalamtasvir xususiyatlarini chuqurroq o'rganish uchun tasvirlash shartli ravishda bir necha turlarga bo'linadi. Tasviriy san'atda nuqta, chiziq va shtrix eng asosiy vazifani bajaradi. Ularsiz hech qanday rasmni tasvirlab bo'lmaydi, shu sababli ularning amaliy bajarilishini alohida ko'rib chiqamiz. Nuqta. Qog'oz yuzida tasvirlanayotgan chiziq nuqtalardan iborat. Agarda bitta nuqta qora dog' sifatida qabul qilinsa, ikkita nuqta orasining tutashtirilishi natijasida chiziq yoki biron-bir buyumning qirrasi hosil bo'ladi. Tekislikdagi bir necha nuqtalarni bir-biri bilan tutashtirsak, bironbir buyumning umumiy shakli paydo bo'ladi. Tasviriy san'atda, ayniqsa, qalamtasvirda qo'llaniladigan nuqtalar tayanch nuqta deyiladi. Shu tayanch nuqtalar orqali buyum shaklining konstruktiv tuzilishi hosil bo'ladi. Masalan, tasvirdagi odam boshining tayanch nuqtalari konstruktiv qurilishida asosiy o'rindaligi ko'rsatilgan: engak (dahan) ko'tarmasi, burun, qosh o'rtasi va pesxona nuqtalari umumiy boshning profil chizig'ini tasvirlab, konstruksiyasini qurishda katta yordam beradi. Boshlanishida bunday tayanch nuqtalar ko'plab ishlatiladi. Masalan, ikki yonoq suyagining tayanch nuqtalari bilan engak (dahan) ko'tarmasining nuqtalari umumiy yuzning old tomoni tekisligini hosil qiladi. Tayanch nuqtalar, shu bilan bir qatorda, qoralama chizgilar tasvirlashda ham ko'p qo'llaniladi hamda chiziqli tasvirlashning boshlang'ich asosi bo'lib hisoblanadi. Chiziqli tasvir. Chiziq har bir buyumning shakl chegarasini belgilab, uning markaziy o'qlari bilan yordamchi chiziqlarida ham bo'ladi. Chiziqlardagi nuqta harakatsiz, nuqtadan chiziqlarga tutashtirilganda esa, chiroyli egiluvchan ma'lum bir mazmunli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.29 MB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.29 MB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga