Tasviriy san'at fanidan Rangtasvir va grafikada manzara, Manzara janridagi asarlarni tahlil etish taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Rangtasvir va grafikada manzara, Manzara janridagi asarlarni tahlil etish taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Rangtasvir va grafikada manzara, Manzara janridagi asarlarni tahlil etish taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 10-mavzu: Rangtasvir asarlari - kompozitsiya, ya'ni asardagi narsalarning shakli, tuzilishi, o'zaro bog'liqligining to'g'ri ifodalanishi; kolorit - ranglarning uyg'unligi; ritm - asarning kompozitsiya qismlari tekis, dinamik holatda takrorlanishi; rang kontrasti - bir xil rangni o'z atrofi dagi ranglarga mos idrok qilinishi; rang perspektivasi kabi tasvirlash vositalari asosida yaratiladi. Ma'lumki, rangtasvir asarlarini yaratishda rassom turlicha bo'yoqlardan -moybo'yoq, akvarel, guash, tempera, pastel, rangli qalamdan foydalanadi. Grafika san'atiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, mavzuli kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli badiiy suratlar, etiketkalar, turli xildagi markalar kiradi. Grafika san'ati, asosan, turli uzunlik va qalinlikdagi chiziqlar yoki oq-qora bo'yoqlar yordamida aks ettiriladi. Grafika san'ati asarlari hajm jihatidan uncha katta bo'lmay, ko'p hollarda qog'ozga ishlanadi. Grafika to'rt turga bo'linadi: dastgohli grafika, gazeta-jurnal grafikasi, plakat va amaliy grafika. T. Y. Muhamedov kitob bezovchi rassom sifatida miniatura janridagi ko'p ko'rinishlilik xususiyatlarini «O'zbek xalq ertaklari»ga chizgan suratlarida ko'rish mumkin. Mana shu ishlangan suratlar musavvirga katta shuhrat keltirgan J. Umarbekov. «Berk ko'cha» Toshkent Musavvir xalq ertaklarida sharqona hayot tarzi, manzara, binolar, liboslar va muhitni yengil chiziqlarda, rang o'yinlari va bezakdorligi orqali gavdalantiradi. Dastgohli grafika asarlarini maxsus asboblarda, molbertlarda qalam, ko'mir, tush, akvarel, tempera, guashlarda ishlanadi. Bu san'at asarlari ham portret, naturmort, manzara janrlarida yaratiladi. O'rol Tansiqboyev O'rta Osiyoda manzara janriga asos solgan, uning har bir davrdagi ijodi o'ziga xos klassik tasviriy san'at tarixiga aylangan. Vaqt o'tgan sayin, san'atkor yaratgan nodir asarlarning qadr-qimmati oshib bormoqda. Manzara san'atining O'zbekistonda shakllanishi va cho'qqiga ko'tarilishida, shubhasiz, bu san'atkor erishgan daraja shu kunda ham ibrat namunalaridan biri bo'lib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.3 MB
Ko'rishlar soni 491 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.3 MB
Ko'rishlar soni 491 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga