Tasviriy san'at fanidan Rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 32-33-mavzu: Rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlash Portret chizishning birinchi bosqichi muhim ahamiyat kasb etadi. Portretning mazmunli chiqishi shu bosqichni to'g'ri bajarishga bog'liq. Chunki bu bosqich rasmning asosi hisoblanadi Bajarish bosqichining qonuniyatlariga tayanib, boshning umumiy shakli qog'oz yuzasiga chiziladi. Bu yerda boshning oldingi va pastki tomonlaridan boshqa tomonlariga nisbatan ko'proq joy qoldiriladi. Undan chiziq yordamida boshning burilish yo'nalishini belgilab, tik o'rta chiziq o'tkaziladi, bu chiziq ensa, qosh oralig'ining, burun uchi va engak ko'tarmasining tayanch nuqtalaridan aylana tarzdagi chiziqni hosil qiladi. Tayanch nuqtalaridan ko'z o'qlariga parallel yordamchi chiziqlar yuritilib, boshning asosiy nisbatlari belgilanadi. Taqqoslash uchun nisbat o'lchamiga burunning uzunligi olinadi. Bu yerda ko'zning o'qlari boshning ham gorizontal o'qi bo'lib hisoblanadi. Shu chiziq uzunligidan ko'zlarning chetki nuqtalari, quloqning eshitish teshigi tashqi shakli belgilab olinadi. Ikkinchi bosqichda boshning asosiy mushaklarining umumiy shakl tuzilishi belgilanadi. Avvalgi bosqichda burunning o'rni belgilangan bo'lsa, endi uning umumiy chiziqli qanqasi tasvirlanadi. Uning umumiy shakli prizmaga o'xshab, to'rtta tekislikdan iborat. Burunning eni ko'zning uzunligiga teng va shu qatori ko'zning chekka nuqtasi bilan boshning chekka jiyak chizig'iga qadar oraliq o'lchami ham baravar bo'lishi mumkin. Shunday qilib, burun eni boshning ko'ndalangini o'lchaydigan o'lcham hisoblanadi. Boshning ko'ndalangi yetti burun eniga teng (ikki quloq suprasini hisobga olgan holda). Bu o'lcham bilan boshning tik uzunligini ham belgilash mumkin, lekin ko'proq boshning bo'yi burun uzunligi bilan o'lchab kelingan. Shu o'lcham bilan hisoblaganda boshning uzunligi uch yarim burun uzunligiga teng keladi. Bu taqqoslash quyidagicha: engakning ostki chekka nuqtasidan burun uchigacha, undan qosh chizig'igacha va qoshdan peshana do'mbog'igacha bo'lgan oraliqlar. Peshana do'mbog'idan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 303.4 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 303.4 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga