Rangtasvirda naturmort. Naturmort janrida yaratilgan asarlarni badiiy idrok etish 5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 17-mavzu: Naturmort-tasviriy san'atning o'ziga xos mustaqil janri. «Naturmort» (nature morte) fransuzcha so'z bo'lib, «jonsiz tabiat» degan ma'noni anglatadi va unda ko'pincha mehnat qurollari, sabzavot va mevalar, gullar, parranda va mayda hayvonlar tasvirlanadi, ya'ni naturmort san'atida insonning maishiy hayoti aks ettiriladi. Naturmort XVII asrning boshlarida Gollandiyada paydo bo'lib, ko'plab mamlakatlarga tarqalgan, ayniqsa, XVII asrning o'rtasida tasviriy san'atda keng rivoj topgan mustaqil janr hisoblanadi. Rangtasvir san'atining nodir ustasi, fransiyalik rassom Jan-Batist Simeon Shardenning «San'at atributlari» mavzusidagi naturmort asarini kuzatganimizda oddiy narsalarning yuksak badiiy tasvirini ko'ramiz. O'zbekiston tasviriy san'atida rassomlardan N. Kashina, Z. Kovalevskaya, Y. Yelizarov, R. Ahmedov, G'. Abdurahmonov kabi ko'plab naturmort janrining ustalari o'lkamiz noz-ne'matlarini o'zlarining asarlarida mohirona ifodalaganlar. Naturmort mustaqil janr bo'lish bilan birga, mavzuli suratlardagi asarlarning mazmunini ochib berishda ko'maklashuvchi, uni to'ldiruvchi vosita bo'lib ham xizmat qiladi. Taniqli rassomlar G'.Abdurahmonovning «Tarvuzli naturmort» va Y. Yelizarovning «Naturmort» asarlarida turli mevalar, poliz ekinlaridan qovun va tarvuz, milliy matolar o'ta jozibali tasvirlangan. Mo'yqalam sohiblari asar mazmunini ochishda iliq sarg'ish, to'q qizil ranglarni atrofdagi yashiltob kabi turli-tuman ranglar bilan uyg'unlashtirib tasvirlashi tufayli suratning o'ta ta'sirchanligiga erishganlar. Biror mavzudagi naturmort asarini yaratishda ijodkorning ko'z o'ngida bo'lajak naturmort yaxlitligicha gavdalanadi va unga mos narsalar tanlab, e'tibor bilan joylashtirish haqida fikr yuritadi, xomaki eskizlar chizadi va shu eskizlar asosida kompozitsiya tuzadi. Naturmort mazmunli bo'lishi uchun kichikroq narsalar oldinda, yiriklari orqa ko'rinishda tasvirlanadi. Naturmort ufq chizig'idan pastroqda joylashtiriladi. Shunda narsalarning fazoviy holati va tekisligi yaxshi ko'rinadi. Naturmort sinchiklab kuzatiladi. Naturmort kompozitsiyasini qog'ozga to'g'ri ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.37 MB
Ko'rishlar soni
307 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.37 MB
Ko'rishlar soni
307 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: ppt