5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 20-mavzu: Rang-tuslari jihatidan qarama-qarshi (kontrast) buyumlardan tashkil topgan naturmortni grafik usulida ishlash Eng avvalo, naturmort uchun kerakli narsalar tanlab olinadi. Ular havorang yoki yashil sirlangan (emalli) kastrulka, ikki-uch dona sabzi, sariq yoki jigarrang sopol piyola, ikkita sholg'om, bir nechta kartoshka hamda ikki-uch dona yorqin qizil, zarg'aldoq va och pushti rangli matodan bo'lishi kerak. Qo'yilma uchun turli rangdagi va hajmdagi narsalar tanlab olinadi. Naturmortdagi narsalar soni 2 yoki 3 donadan iborat. Kompozitsiya jihatdan chiroyli, qiziqarli va yaxlitlikda bo'lishi zarur O'quv naturmortini ishlash bosqichlari Sopol ko'za va sabzavotlardan tuzilgan naturmortning muhim tomonlaridan biri tasvirlanayotgan narsalarning fazoviy joylashishidir. Buyumlarning kattaroqlarini orqada, maydalarini esa, oldinroqda joylashtirib, biri ikkinchisini ozroq berkitib turadigan holatda qo'yamiz. Naturmortda rang-tusi jihatidan qarama-qarshi buyumlarning eng ahamiyatlisi ikkinchi qatorda joylashtiriladi. U shakli, rangi va tusi bilan ajralib turishi, kompozitsiyaning markazini tashkil qilishi zarur. Naturmortning fazoviy holatini yaqqolroq tasvirlash uchun oldingi qatorga uncha katta bo'lmagan, ammo yorqin buyum qo'yilgan. Buyumlarga yorug'lik nurlari old tomondan va yonidan yo'nalgani uchun har bir narsaning hajmdorligi aniq ko'rinib turibdi. Naturmortni tasvirlashdan oldin uni kuzatib, eng yaxshi qarash nuqtasini topib, ufq chizig'i belgilanadi. Tasvirning umumiy kompozitsiyasi topiladi. Naturmort tasviri bir nechta kichik o'lchamda xomaki rasm chizma lavhalar orqali bajariladi. Ulardan eng muvaffaqiyatli chiqqani tanlab olinadi. Qog'oz yuzasida naturmortning o'lcham mutanosibliklarining umumiy kengligi va balandligi yengil chiziqlar bilan belgilanadi. Har bir narsaning umumiy shakli, alohida qismlarning nisbiy o'lchamlari topiladi. Har qaysi buyumning o'ziga xos shakli, katta-kichikligi va turgan o'rni aniq topilgandan keyin, ularning tuzilishi tahlil qilinadi, sinchiklab kuzatiladi. Shakllardagi mavjud perspektiv qisqarishlar ham ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.15 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.15 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt