Tasviriy san'at fanidan Tabiat manzarasi fonida naturmort ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Tabiat manzarasi fonida naturmort ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Tabiat manzarasi fonida naturmort ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

生 5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 22-23-mavzu: Tabiat manzarasi fonida naturmort ishlash Tabiat manzarasi fonida naturmort ishlash jarayonining o'z qonuniyatlari mavjud. Bu ishni tartib bilan olib borish talab etiladi. Ketma-ketlik tartibini anglagan holda bajarilgan ish mahsuli muhim ahamiyatga egadir. Tabiat manzarasi fonidagi naturmort ishlashni nimadan boshlash, uning o'rtasida qanday talablarga javob berish va qay o'rinda tugallash kerakligini yaxshi bilmoq zarur. Naturmortning foni manzara bo'lib, deraza oldiga qo'yilgan buyumlar bilan manzara oralig'ida fazoviy masofa joylashgan. Rang munosabatlari oldingi, o'rta va orqa ko'rinishda turli ranglarda bo'lishini anglashimiz lozim. Tasvirlashda havoyi perspektiva katta ahamiyatga ega. Deraza oldida joylashgan naturmortni tasvirlashda umumiy yorug'-soya, rang-tuslar va mushtarak ranglardan yorug'-soyali, rang-tusli uyg'unliklarini katta qismlarida aniqlash muhimdir. Tabiat manzarasi fonida naturmortni tasvirlaganda ufq chizig'iga nisbatan qanday joylashishi ham katta ahamiyatga ega. Ma'lumki, ko'z balandligidan pastroqda qo'yilgan naturmort narsa tekisligida to'la to'kis ko'rinib turadi, narsalarning asoslari, ularning o'zaro joylashishi yaqqol ko'rinadi va tasvirlashda qulay bo'ladi. Narsani to'laroq ochib berish uchun yorug'lik nurlari old tomonidan yoki yonidan tushadigan bo'lishi kerak. Tabiiy yorug'likning kuchi yetarli bo'lmasa, naturmortning yon tomoniga sun'iy yoritkich qo'yiladi. Shunda oldingi narsalarda yorug'-soya kontrasti keskin bo'lib, ularning hajmdorligi bo'rtib ko'zga tashlanadi, sirtlar yaqqol ko'rinadi. Ikkinchi plandagi narsalarda esa, ziddiyat kamroq seziladi. Nurlarning kuchi kamayib borgani sari uchinchi plandagi narsalardagi qarama-qarshilik yana ham mayinlashadi, ularning chegaralari fonning to'q joylari bilan umumlashib ko'rinadi. Naturmortni deraza yaqiniga qo'yib, orqa fonida tabiiy manzara bilan tasvirlanadi. Naturmortga nurlar old tomondan tushadi, soya va reflekslar unchalik ko'p bo'lmaydi va predmetlarning o'z rangi yaqqol, ochiq-oydin ko'rinadi. Tabiat manzarasi fonida naturmort ishlash mavzusida naturmortchi rassomlardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 828.5 KB
Ko'rishlar soni 275 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 828.5 KB
Ko'rishlar soni 275 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga