Tasviriy san'at fanidan Tabiatning obrazli manzarasini ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Tabiatning obrazli manzarasini ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Tabiatning obrazli manzarasini ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 11-mavzu: Tabiatning obrazli manzarasini ishlash uchun avval qalam yordamida uning alohida qismlari chizib olinadi. Tasvirning mazmunli va ifodali bo'lishi uchun manzara elementlari - daraxtlar, bulutlar, tog'lar, joyning tuzilish shakllari chiziladi. Shuningdek, manzarani chizishda tabiatni sinchiklab o'rganib chiqish talab qilinadi. Rassom A.Mo'minovning «Bo'ronli kun» asarida tabiat obrazining bir ko'rinishini kuzatishimiz mumkin. Tabiatning obrazli manzarasini chizishda chiziqli va fazoviy perspektiva qoidalariga rioya qilish lozim. Har bir narsa uzoqlashgan sari kichrayib, havoda ko'rinmay, xiralashib boradi, ularning ko'rinishi, chiziqlari, yorug'ligi, rangi o'zgaradi. Tabiatdagi narsalar bizga qanchalik yaqin bo'lsa, ular shunchalik aniq va ravshan ko'rinadi. Manzarani maromida tasvirlash katta ahamiyat kasb etadi. Manzara kunduzi, ertalab yoki kechqurun o'z ko'rinishiga ega. Ertalab atrof go'yoki tutun bilan qoplangandek bo'ladi. Demak, ertalabki manzarani chizganda orqa ko'rinish biroz xiralashtirib tasvirlanadi. Oldida joylashgan narsalarning tuzilishini biroz aniqroq qilib chizish kerak. Kechqurun esa, aksincha, osmon tusida hamma narsalarning tuzilishi aniqroq ko'rinadi. Havo bulut bo'lgan kunda yer, undagi narsalar bilan birga osmon xiraroq va qoraroq bo'lib ko'rinadi. Tabiatning obrazli manzarasini chizishda yoki uning biron-bir bo'lagini tasvirlashda alohida qoidalar yo'q. Manzarani tasvirlash ham boshqa narsalarning asl nusxasini chizish kabi bajariladi. Tabiat manzarasini bosqichli tasvirlash Tabiat obrazi ta'sirchanligini oshirish, uning aniq holatini ifoda etish maqsadida ishni kontrastli yoki mayin, iliq yoki sovuq, ochroq yoki to'qroq, yaqqol yoki umumlashgan tarzda bajarish mumkin. Jonli tabiatni his qilish, uning g'oyat ko'rkamligini ilg'ay olish, shuningdek, qiziquvchanlik har bir tabiat obrazi manzarasini tasvirlashning yechimiga mezon bo'ladi. Chunonchi, tabiat har qachon ijodiy izlanishlar, go'zallikni his qilish manbayi bo'lib kelgan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 326 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 326 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga