5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 13-mavzu: Tasviriy san'atda animalistik janr. Suhbat va amaliy ish Animalistik janr o'zgacha tasviriy san'at turidir. U lotincha «anima» -hayvonot olami degan ma'noni bildiradi. Animalist - rassom hayvonot dunyo siga zo'r qiziqish va mahorat bilan yondashadi. Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan. O'sha davrda ular g'orlarning devorlarida kiyik, qo'tos, mamontlarning suratlarini chizganlar Qadimgi Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ nAQSHlar tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan. XVII asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Leonardo da Vinchi va A. Dyurerlar ishlab chiqdilar Rossiyada birinchi animalist rassom I.Groot edi. Keksa haykaltarosh va grafi k musavvir V.A.Vatagin o'zining asarlarida hayvonot olamini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi. O'rta Osiyodagi dastlabki haykaltaroshlik yodgorliklari knyaz Romanov saroyi (Toshkent) oldiga o'rnatilgan hayvonlar haykali (it, kiyik), Sitorai Mohi Xosa (Buxoro) eshigi oldidagi sherlar haykali hisoblanadi. 1886-yili Toshkentdagi ko'rgazmada usta To'xta Sodiq Xo'jayev alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchasini namoyish etgani ma'lum. Tasviriy san'atning animalistik janrida rassom P.Mordvinsev tomonidan yaratilgan «Jimlik» nomli asarda ot va qulunning yaylovdagi tasvirini ko'rish mumkin. Animalistik janrda, asosan, haykaltaroshlarimiz salmoqli ijodiy asarlar yaratganining guvohi bo'lamiz. 60-yillardan boshlab M. Musaboyev, A. Boymatov, J. Quttimurodov kabi o'nlab iste'dodli haykaltaroshlar ijod olamiga kirib keldilar. Ular o'zbek xalqining o'tmishi, bugungi kuni, turmushi, mehnat faoliyati va ijodiy ishlarini o'z haykallarida ifodalaganlar. Abdumo'min Boymatov 1934-yili Farg'ona viloyatining Beshbola qishlog'ida tavallud topdi. O'zbekiston xalq rassomi. Animalistik haykal janri bo'yicha bir qator ishlarni amalga oshirgan. Mustaqillik davri haykaltaroshlik san'atining mahobatli turida ishlangan ilk tarixiy asarlar sifatida A.Temurning mahobatli otliq haykali (I. Jabborov)ni qayd etish ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
367 marta
Ko'chirishlar soni
55 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
367 marta
Ko'chirishlar soni
55 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt