5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 27-mavzu: Tasviriy san'atda portret. Portret janrida ishlangan asarlarni badiiy idrok etish Inson obrazining yaratilishi portret san'ati deb yuritiladi. Portret janrida ayrim shaxs yoki kishilar guruhi tasvirga olinadi. Tasvirning o'ziga xosligiga ko'ra, portret dastgohli (kartinalar, byustlar, grafik asarlar) va mahobatli (nAQSH, koshin, haykal), tantanali va intim, ko'krakdan va butun bo'y-basti, yon tomondan, anfas va boshqa ko'rinishda bo'ladi. Portret me'dallarda, miniatura uslubida ham bajariladi. Portret yakka, ikkilik va guruhli turlarga bo'linadi. Portretning o'ziga xos janri - avtoportret. Portret yaratishda insonning anatomik tuzilishidan tortib, ichki ruhiy, ma'naviy holati, shuningdek, tashqi ko'rinishidagi barcha jihatlar aks ettiriladi. Portret tasviri ishlatilishi bo'yicha chiziqli va tusli bo'ladi. Chiziqli rasm och, yengil va umumlashtirilgan bo'ladi. Chiziqlar orqali badiiy obraz yaratiladi, jadvallar, shartli chizmalar, sinf doskasidagi tasvirlar shular jumlasidandir. Ayrim buyumlarning sharpasi va tashqi ko'rinishi orqali xarakterli ko'rinishini tasvirlashda tusli tasvirning oddiy turi tanlanadi, bu siluet deb nomlanadi, ya'ni bir xil tekis tus bilan qoplanib, tashqi ko'rinish chizig'i orqali bajariladigan tasvir. O'zbekiston xalq rassomi, akademik Malik Nabiyev buyuk siymolar obrazini o'ziga xos talqin eta olgan iste'dodli mo'yqalam sohibidir. Uning «Amir Temur» portreti fikrimiz dalilidir. Buyuk sarkardaning taxtda o'ychan, qilich bandiga qo'llarini qo'yib o'tirgan holati mohirona tasvirlangan. Uning yurt tinchligi, xalq farovonligini o'ta ziyraklik bilan mushohada etayotganligi isxonarli ko'rsatilgan. Boshidagi shohlik toji barvasta qomatiga juda mos tushgan. Uning nihoyatda qattiqqo'lligi, dovyurak va abjirligi, o'ta zakovatliligi yuz qiyofasida o'z ifodasini topgan. M.Nabiyev o'z ijodida buyuk siymolarning tavalludi munosabati bilan ulug' mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniyning portretini yaratdi. Abu Rayhon Beruniy buyuk qomusiy olim sifatida o'z zamonasining ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.63 MB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.63 MB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt