5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 1-mavzu: Tasviriy san'atning ifodaviy vositalari va ifodaviy tilini tushunish va undan tasviriy-ifodaviy faoliyatda o'rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. (Reproduksiyalarni tahlil etish asosida) Tasviriy san'atning ifodaviy tili sifatida kompozitsiya, chiziq, dog', rang, hajm, shakl, fazo, faktura tushunchalari, taniqli yirik musavvirlar asarlarining tahlili egallaydi va ular rangtasvir, grafi ka, haykaltaroshlik, san'atshunoslik asoslari bo'limlari orqali amalga oshiriladi. Tasviriy san'atning ifodaviy vositalari sifatida rangtasvirda rang, surtma, chiziq, rang dog'lari, rangdor va yorug'lik kontrastlari, grafi kada esa, chiziq, shtrix, kontur, tus, oq-qora dog'lardan foydalaniladi. Tabiatda har bir buyum va narsalar o'z rangiga ega. Bu ranglarda yorug'-soyalar juda katta o'rin tutadi. Rangtasvir ifoda vositalari Rang havoning holati, fazodagi joylashuvi, boshqa rang tuslari ta'sirida o'zgarishi mumkin. Borliqning haqiqiy go'zallik boyligi - rang hisoblanadi. Rassom turli-tumanlik kayfiyatini, rangdorlik his-tuyg'usi, bo'yoqlar birikmasi, iliq va sovuq ranglar monandligi orqali ifodalaydi va asarlarida shodlik tuyg'usi, umid-orzular, havotirlik, qayg'u-g'amginlik kabi insoniy hissiyotlarni ochib beradi. Rangtasvir asari yaratishda rang surtmalari ifoda vositasi sifatida qo'llaniladi. Rassomlar rangtasvirda rang surtmalarining turli shakllaridan foydalanadilar. Bu surtmalar rassomning ish uslubini belgilab beradi. Mashhur rassom Van Gog «San-Maridagi dengiz» asarini yaratishda rang surtmalarini o'rinli qo'llaganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekistonlik rassomlar rang surtmalaridan tasviriy san'atning ifodaviy vositasi sifatida manzara, naturmort janrlarida ham mahorat bilan ijod qilganlar. Musavvirlar M.Nabiyevning «Amir Temur portreti», R.Ahmedovning «Yoz ne'matlari» mavzuyida ishlangan asarlarida rang surtmalari o'rinli qo'llanilgan. Tasviriy san'atning rangtasvir turining asosi ranglar hisoblanadi. Rang-tasvirda asarning emotsional ta'sir kuchini oshirish maqsadida uning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda, ranglarning issiq va sovuq turlaridan foydalaniladi. Issiq va sovuq gammadagi ranglar ko'proq manzara ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
323 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
323 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: ppt