Xotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlash 5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 21-mavzu: Xotiradan asarlar kompozitsiyasini aratishda mashhur rassomlardan I.Levitan, K.Bryullov, I.Repin, I.Ayvazovskiylarning eslab qolish qobiliyatlari yuqori darajada bo'lganligi ma'lum. Masalan, I.Repin «Volgadagi burlaklar» asarining dastlabki eskizini xotiradan ishlaganini ko'ramiz. Taniqli rassomlarimizdan O'. Tansiqboyev, R. Ahmedov, M. Nabiyev, A. Ikromjonov, A.Nur va boshqalar o'z asarlarini yaratishda dastlabki etud eskizlariga tayangan holda xotiradan san'at asarlarini yaratganlar. Masalan, A.Ikromjonovning «Sharqona naturmort» va M.Nuriddinovlarning naturmort asarlari mavzuyimizning yaqqol misoli bo'la oladi. Xotiradan naturmort kompozitsiyasini chizishning ahamiyati shundan iboratki, borliqdagi turli-tuman mavjud narsa, buyumlarning shakli, o'lchami, tuzilishi va xilma-xil rangini xotirada eslab qolish. Shuningdek, bu buyumlardan ma'lum mazmunga ega bo'lgan qiziqarli, chiroyli naturmort kompozitsiyasini tuzib, uni xotiradan tasvirlashdir. Ayniqsa, xotirada naturmort tasvirlash uchun uy-ro'zg'or buyumlaridan nihoyatda qiziqarli naturmortlar tuzsa bo'ladi. Uy-ro'zg'or buyumlaridan tashkil topgan naturmort qo'yiladi. Barcha diqqat-e'tibor qo'yilmaga qaratiladi. Bu qo'yilgan naturmort atroflicha kuzatiladi, sinchiklab o'rganiladi. O'rganilgandan so'ng ma'lum daqiqalardan keyin biron-bir mato bilan naturmortning usti yopiladi. Shundan so'ng xotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlashga kirishiladi. ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
12.99 MB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
12.99 MB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: ppt