Tasviriy san'at fanidan Xotirjam, o'ychan holatlarni ifodalovchi manzarani tasvirlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Xotirjam, o'ychan holatlarni ifodalovchi manzarani tasvirlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Xotirjam, o'ychan holatlarni ifodalovchi manzarani tasvirlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

5-sinf tasviriy san'at darsligi asosida 5-mavzu: Xotirjam, o'ychan holatlarni ifodalovchi manzarani tasvirlash Tasviriy san'atda tabiat ko'rinishlarini ifodalaydigan janr - bu manzara. Unda, asosan, tabiat, tog', ko'l, dala va shahar ko'rinishlari aks ettiriladi. Manzarachi rassom o'z asarlari orqali tabiatga bo'lgan munosabatini, histuyg'ularini, xotirjam, o'ychan holatlarni ifodalaydi. Tasviriy san'atda manzarachi rassomlar: A.Savrasov, I.Shishkin, I. Levitan, O'.Tansiqboyev, N.Karaxan, R.Temurov, G'.Abdurahmonov va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Manzara janri birmuncha murakkab bo'lganligi sababli, dastlab, tabiatdagi ba'zi bir narsalarning alohida qismlarini, biror-bir bo'lagini o'ziga qarab tasvirlash nihoyatda foydalidir. Masalan, daraxt tanasi, novda, shoxshabba va hoka'zolarni chizish mumkin. Bunda narsalarning xarakterli belgilari, bo'laklarning nisbati, yo'nalishini to'g'ri tasvirlashga harakat qilish kerak. Keyinchalik esa, biror-bir daraxtni osmondagi bulutlar bilan birgalikda chizish kabi vazifalarni bajarib, asta-sekin butun manzara ko'rinishini chizishga o'tiladi. Bunday ishlarni avval qalam, so'ngra bo'yoqda bajarish kerak. Manzara ishlashda yaqin, o'rta va olisdagi narsalar, asosan, uchta ko'rinishda joylashtiriladi. Yaqin ko'rinishdagi narsalarni aniqroq, olisdagi narsalarni ochroq chiziladi. Bu ko'rinishlarni to'g'ri tasvirlash uchun, avvalo, manzarani sinchiklab kuzatish va uni tasvirlaganda uzoqdagi narsalarning yaqindagiga nisbatan kichik bo'lishini hisobga olish kerak va havo perspektivasi qoidasiga ko'ra, uzoqdagi narsalar rang va tus jihatdan yaqindagilarga nisbatan xiraroq va ochroq ko'rinadi. Tabiatning biron-bir holatini tasvirlash uchun, avvalo, ko'rish nuqtasi va ufq chizig'i qayerdan o'tganligini qog'oz yuzasida aniqlab olinadi. Rasm kompozitsiyasini to'g'ri topish uchun chizilayotgan manzarani cheklovchi ramka shaklidagi qurilma (karton yoki qog'ozdan yasalgan maxsus asbob) dan foydalanish mumkin. Kompozitsiyasi topilgandan so'ng uni qog'ozda yengil-yelpi chiziqlar bilan chizishga o'tiladi. Bunda yaqin va uzoqdagi nar-salarning joylashuvi, o'lchamlari, xarakterli belgilari, nisbatlari va boshqa xususiyatlariga e'tibor beriladi. Bo'yoqda bajarish vaqtida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga