«RAQQOSA» HAYKALINI ISHLASH 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 4-mavzu Reja: «Raqqosa» haykalini ishlash O'zbekistonlik rassomlar tomonidan raqs san'ati Raqsga tushayotgan raqqosa haykalini ishlash Raqslar nafaqat o'yin, balki ijrochining yurti, millatining orzu-istaklari, tarixi, urf-odatlari haqida elastik harakatlar, mimikalar orqali ma'lumotlar beradi. O'zbek, xitoy, hind, arab raqslari bir-biridan raqqosalarning kiygan liboslari, taqinchoqlari va o'ziga xos raqs harakatlari bilan farq qiladi. «Tanovar» raqsida farg'onaliklarga xos bosiqlik va vazminlik ifodalansa, «Lazgi»da xorazmliklarning jo'shqinligi, surxon, qoraqalpoq raqslarida vohaliklarning sho'x, o'ynoqi, quvnoq harakatlari to'la namoyon bo'ladi. Xalqimizning Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva, Qizlarxon Do'stmuhamedova, Malika Ahmedova, Ma'mura Ergasheva, Rushana Sultonova kabi mashhur raqqosalari yurtimiz dovrug'ini dunyoga taratgan. Raqslarning mumtoz, milliy raqs, vals, tango va boshqa ko'plab turlari bor. O'zbekistonlik rassomlar tomonidan raqs san'ati va raqqosalarga oid ko'plab tasviriy san'at asarlari yaratilgan. O'zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning Mukarrama Turg'unboyeva xotirasiga bag'ishlangan «Raqsning tug'ilishi» devoriy surati Bugun siz milliy raqsga tushayotgan raqqosa haykalini ishlashda, eng avvalo, xayolingizdagi obrazning xomaki eskizini qog'ozga chizib ko'rasiz. Unda raqqosaning raqs tushgan paytdagi qo'l, oyoq, bosh harakatlari alohida e'tiborga olinadi. Haykaltaroshlikka alohida qiziqishi bo'lgan o'quvchilar haykalni yanada jozibaliroq bo'lishi, harakat plastikasini ko'proq aks ettirish uchun taxta yoki yumshoq simdan karkas yasab olishi mumkin Avval plastilinni siqimlab zuvalachalar ajratib olasiz. Ulardan haykal tanasi, bosh, qo'li va oyoqlari uchun ularning hajmiga mos tarzda alohida-alohida bo'laklar ajratib, so'ng ularni birlashtirib chiqasiz. Haykal yasash jarayonida odam gavdasi qismlarining o'zaro nisbatlari - proporsiyalarini saqlashga harakat qiling. Xuddi shu usulda «sozandalar» haykalini ham yasashingiz mumkin. Ayrim o'quvchilar raqqosa haykalini bo'rtma - relyefli variantini ishlashi mumkin. Haykaltaroshlik pichog'i - yog'och steklaridan foydalanilayotganda ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:31:57
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.93 MB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:31 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.93 MB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: pptx