Tasviriy san'at fanidan O'zbekiston me'moriy yodgorliklari taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan O'zbekiston me'moriy yodgorliklari taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan O'zbekiston me'moriy yodgorliklari taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

«O'zbekiston me'moriy yodgorliklari» mavzusida suhbat 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 7-mavzu Reja: O'zbekiston qadimiy va tarixiy me'moriy yodgorliklar «Me'morlik», ya'ni «arxitektura» Samarqandning Registon maydoni O'zbekiston qadimiy va tarixiy me'moriy yodgorliklarga boy yurt Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Qo'qon kabi shaharlardagi me'moriy obidalar o'zining ulug'vor salobati, nAQSHinkor bezaklari, badiiy mukammalligi bilan jahon ahlini lol qoldirib kelmoqda. Bu o'z navbatida, ajdodlarimizning me'morlik va amaliy san'at sohasida yuksak aql-zakovat, badiiy iqtidor egalari bo'lganligidan dalolat beradi. «Me'morlik», ya'ni «arxitektura» yunoncha so'z bo'lib, «qurish», «bunyodkorlik» degan ma'nolarni anglatadi. Qurilish deganda me'morning loyiha va chizmalari, materiallarda ifodalangan fikri uning quruvchi bunyodkorlar tomonidan amalga oshirilishi tushuniladi. Bino yoki inshootning go'zalligi, ko'rkamligi uning kompozitsion tuzilishiga, ichki va tashqi badiiy jihatlarining uzviyligiga, bezaklardan mohirona foydalanishga bog'liq. Mustaqillik yillarida O'zbekiston me'morligi jadal sur'atlarda rivojlandi. Zamonaviy binolar bilan bir qatorda sharqona uslubdagi me'moriy obidalar barpo etildi. Toshkent shahridagi Toshkent islom universiteti, Hazrati Imom majmuasi, Minor masjidi, Samarqand viloyati Chelak qishlog'idagi Imom al-Buxoriy maqbarasi shular jumlasidandir Samarqandning Registon maydonidagi Sherdor, Tillakori va Ulug'bek madrasalari, Bibixonim madrasasi, Shohi Zinda hamda Go'ri Amir maqbaralari, Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Masjidi Kalon, jahonga mashhur me'moriy yodgorliklardir. Masjidi Kalon, jahonga mashhur me'moriy yodgorlik Bu obidalarning sirtlari jozibador koshinlar bilan bezatilgan. Shu sababdan asrlar davomida o'z jilvasi va mahobatini saqlab kelmoqda. Shohi Zinda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.72 MB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.72 MB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga