Koordinata burchagi. Uchrashma harakatga doir masalalarning yechilishi bilan tanishtirish (uchta o'zaro teskari masala)
Mavzu: Koordinata burchagi. Uchrashma harakatga doir masalalarning yechilishi bilan tanishtirish (uchta o'zaro teskari masala) Darsning maqsadi: Ta'limiy: koordinata burchagi. Uchrashma harakatga doir masalalarning yechilishi bilan tanishtirish harakatga doir masalalar yechishni mustahkamlash. O'zaro teskari masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma'lumotlar ko'rinishlarning bir turidan boshqa ko'rinishga o'tkaza olish; FK1: kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan, teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo'lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo'llay oladi. Tarbiyaviy: o'zi yashab turgan joyining tarixini o'rganishga chaqirish, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. TK4: atrofdagilar bilan o'zaro muloqot chog'ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mustaqil fikrlashini, masala yechish malakalarini rivojlantirish. FK2: o'rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o'quv vaziyatlarda qo'llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish Darsning borishi I. tashkiliy qism. II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'tilgan mavzuni mustahkamlashda o'quvchilarga o'tilgan mavzular yuzasidan savollar beriladi. Paletka nima? ( Shakllar yuzini topish uchun ishlatiladigan shaffof plastinka ) Undan qanday foydalaniladi?( Shakl ustiga paletkani qo'yib, undagi to'liq kvadratlar, hisoblab, unga to'liq bo'lmagan kvadratlarni sanab ikkiga bo'lib qo'shiladi ) Agar uchrashma harakatda jismlar bir-biriga qarab bir xil vaqtda harakatlansa, ular sarflaydigan vaqt qanday bo'ladi? (Agar jismlar bir - biriga qarab bir xil vaqtda harakatlansa, ular uchrashguncha bir xil vaqt sarflaydilar) Harakat vaqtini topish qanday amalga oshiriladi? ( Harakat vaqtini topish uchun masofa tezlikka bo'linadi) Masofani qanday topish mumkin? ( Masofani topish uchun harakat vaqti tezlikka ko'patiriladi ) Siz yashab turgan shahar yoki qishloqning nomlanishi tarixini bilasizmi? Sportning qaysi turlari harakat tezligiga bog'liq? ( Velosport, yugurish, uzunlikka sakrash…. ) Shakllarning ...