O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI G'UZOR TUMAN XALQ TA'LIMI BO'LIMIGA QARASHLI 47-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI ERGASHEVA MARG'UBANING 4-SINFLAR UCHUN MATEMATIKA FANIDAN NOLLAR BILAN TUGAYDIGAN SONLARGA BO' LISH MAVZUSIDA TAYYORLAGAN DARS ISHLANMASI Mavzu: Nollar bilan tugaydigan sonlarga bo' lish 556-561-misol va masalalar. Maqsad: a) ta'limiy: o'quvchilarning mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash. Nollar bilan tugaydigan sonlarga bo'lish mavzusini masalalar yechish orqali yanada mukammal tushuntirish o'quvchilarga ko'paytmani songa bo'lishni o'rgatish;TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 00 00 ichida nomanfiy butun sonlar ustida amallarni bajara olish. b) tarbiyaviy: o'quvchilarga estetik tarbiya berish. Ularni mehnatsevar bo'lishga, odobli,kattalarni hurmat qilishga, mehnat bilan topilgan narsalarning qadriga yetishga, tabiatga ongli munosabatda bo'lishga o'rgatish. Novvoylik va to'quvchilik kasblariga havas uyg'otish . o'quvchilarda kitobga bo'lgan mehrni uyg'otish; TK4: atrofdagilar bilan o'zaro muloqot chog'ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash. d) rivojlantiruvchi: og'zaki hisoblash mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish. O'quvchilarning mustaqil fikrlashini, misol va masalalarni yechish malakalarini rivojlantirish. FK2: o'rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o'quv vaziyatlarda qo'llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish Dars turi: o'quvchilarning bilim ko'nikma va malakalarini rivojlantiruvchi, umumlashtiruvchi, kichik guruhlarda ishlash . Dars uslubi: ko'rgazmalilik, suhbat, hikoya, tushuntirish, aqliy hujum, intetfaol . Dars jihozi: darslik, og'zaki hisoblash uchun ko'rgazmalar, texnik vositalar, Bilimlar xazinasi piramidasi. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI Darsning borishi: tashkiliy qism: (o'qituvchi darsni she'r bilan boshlaydi) O'qituvchi: Salom aziz bolalar Gulu rayhon lolalar Chuqur bilim olmoqqa Matematik bo'lmoqqa Tayyormisiz? O'quvchilar: (xor bo'lib) Tayyormiz. O'qituvchi: Bilmasang gar bu fanni Dunyoni ham anglama ...

Joylangan
29 Aug 2022 | 13:42:33
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
6.08 MB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:34
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2022 [ 13:42 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
6.08 MB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:34 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan