4-sinf Matematika fanidan Noma'lum ko'paytuvchini topish dars ishlanmasi

4-sinf Matematika fanidan Noma'lum ko'paytuvchini topish dars ishlanmasi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
4-sinf Matematika fanidan Noma'lum ko'paytuvchini topish dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

Noma'lum ko'paytuvchini topish. Birgalikda ishlash ko'rinishdagi masalalar bilan tanishtirish dars ishlanma

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI G'UZOR TUMAN XALQ TA'LIM BO'LIMIGA QARASHLI 47-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABINING BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI ERGASHEVA MARG'UBANING MATEMATIKA FANIDAN Mavzu: Noma'lum ko'paytuvchini topish. Birgalikda ishlash ko'rinishdagi masalalar bilan tanishtirish Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga noma'lum ko'paytuvchini topishga doir tenglamalarni yechish bo'yicha bilim berish. TK1: Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: Axborotlarni statistik ma'lumotlar ko'rinishlarning bir turidan boshqa ko'rinishga o'tkaza olish; FK1: Arifmetik amalda qatnashgan noma'lum tarkibiy qismini aniqlay oladi; Tarbiyaviy: O'zaro bir-birlarini hurmat qilishni, eshitishni va qo'llab-quvvat- lashni o'rgatish. TK4:Atrofdagilar bilan o'zaro muloqot chog'ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash; Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mustaqil fikrlashini , jadvalda berilgan topshiriqni misol ko'rinishida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish. FK2: O'rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o'quv vaziyatlarda qo'llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi dars. Dars metodi: Suhbat, ko'rgazmalilik, mustaqil ish, muammoli izlanish metodi. Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar,tarqatma materiallar, texnika vositalari, multimedia ilovalari. Darsning borishi: 1.tashkiliy qism: O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, o'quvchilarning tayyorgarligini ko'zdan kechirish. O'qituvchi: Assalom bolajonlar, Bilag'on qaqajonlar. Yurtim pahlavonlari, Kelajak ishonchlari. O'quvchilar: Xush kelibsiz ilmu fanning yo'ldoshi, Xush kelibsiz Navoiyning izdoshi. O'qituvchi: Aziz o'quvchilarim, darsimiz matematika.Shuni unutmangki, matematika fani kelajakda qanday kasb egasi bo'lishingizdan qat'iy nazar hayot yo'llari davomida doimo kerak bo'ladi.(O'quvchilar turli kasb egalari sifatida namo- yon bo'ladilar.) Tadbirkor: Matematika fanini, Uzex xabarlardan, Men juda ardoqlayman. Bitta qo'ymay ko'raman. Oshpaz: Me'yor bo'lmasa agar, Necha kilogram yog'ga , Tayyor osh ham buzilar. Qancha guruch solinar. Chevar: Yetti o'lchab bir kesaman, Chizg'ich, metr va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 391 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:34 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 391 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga