Fan: Matematika Sinf:4 Darsning mavzusi: Qo'shish va ayirishning yozma usullari. 185-191-misol,masala Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: o'quvchilarda qo'shish va ayirishning yozma usullarini yechish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish; FK-1: sodda sonli ifodaning qiymatini og'zaki va yozma hisoblay oladi; Tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni Vatanga, kitobga bo'lgan muhabbatlarini oshirish; TK-5: zaminimizda yashab o'tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo'shgan hissalarini tasvirlab berish; Rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning mantiqiy fikrlash, o'zaro muloqotga kirishish va fikrini erkin bayon eta olish qobiliyatlarini rivojlantirish; TK-6: murakkab bo'lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalaridan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalanish. Darsning turi: o'quvchilarning yangi bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantiruvchi dars. Darsning metodi: tushuntirish, mustaqil ish, ta'limiy o'yin, amaliy mashg'ulot. Darsning jihozi: darslik, uslubiy qo'llanma, mavzuga oid slayd, proyektor va texnik vositalar, tarqatmali material. Darsning borishi: tashkiliy qism. O'quvchilar bilan salomlashiladi. Navbatchi axboroti eshitiladi. Davomat aniqlanadi. Darsning shiori: Matematika fanlar ichra shoh, Uning sirlaridan bo'lingiz ogoh. O'quvchilar hozir qaysi fasl? Ular javoblarini o'zbek, rus va ingliz tillarida aytadilar. O'quvchilardan buyuk bobokalonlarimizdan kimlarni bilishlari so'raladi. A.Temur 1336-yilda tug'ilganlar. Bobomiz buyuk davlatga asos solganlar. Bobur Mirzo 1483-yilda Andijonda tug'ilganlar.Ular ham shoir,ham shoh bo'lganlar. Ulugbek - 1394-yilda tug'ilganlar. Bobomiz ham podshoh,ham olim edilar. A.Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug'ilganlar.Bobomiz buyuk shoir,olim va davlat arbobi bo'lganlar. Ibn Sino 980-yilda tug'ilganlar. Ular dunyoga mashhur tabib va olim bo'lganlar. Beruniy 973-yilda tug'ilganlar. Bobomiz o'sha vaqtda Yer shar shaklida ekanligini aniqlaganlar. Hatto Yerning dastlabki modeli - globusni yaratganlar. Forobiy 873-yilda tug'ilganlar. Ular O'rta Osiyoning ulug' mutafakkiri va qomusiy olimi edilar. Al-Xorazmiy 783-yilda tug'ilganlar.Bobomiz matematika rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan buyuk olimdirlar. Ular 0 dan 9 ...

Joylangan
29 Aug 2022 | 15:25:00
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
378.52 KB
Ko'rishlar soni
296 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:32
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2022 [ 15:25 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
378.52 KB
Ko'rishlar soni
296 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:32 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan