Mavzu: 20 sonining tarkibi. Darsning maqsadlari: Ta'limiy: O'quvchilarni ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash.20 soni tarkibi ichida misol va masalalar yechishga o'rgatish. Tarbiyaviy: O'quvchilarni aqlan yetuk, ma'nan barkamol avlod bo'lib kamol topishlariga hissa qo'shish.Kasb -hunarga qiziqish uyg'otish. Rivojlantiruvchi:Og'zaki va yozma hisoblash malakalarini rivojlantirish. Dars turi:Yangi bilim beruvchi. Dars metodi:Ko'rgazmalilik,suhbat, tushuntirish, sayohat darsi, amaliy mashg'ulot Dars jihozi:1-sinf Matematikadarsligi,sonli kartochkalar, tarqatma materiallar,AKT. Darsning borishi: tashkiliy qism: O'quvchilar bilan salomlashish. O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash. Navbatchi axboroti. O'quvchilar fan shiorini aytadilar: Mening ishim hisob-kitob, Hamda berish nuri, oftob. Bo'lmay qolsam agar bir kun, Dunyo bo'lar zim-ziyo tun. Matematika fanlar ichra shoh, Uning sirlaridan bo'lingiz ogoh. Hafta kuni haqida ma'lumot berish va kirish suhbati o'tkazish : -Fevral oyidagi muhim sanalarni ayting. -9-fevral Alisher Navoiy va 14-fevral Bobur bobomiz tavallud topgan. -Fevral oyida qanday tadbirlar amalga oshiriladi? -Fevral oyi Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi deb e'lon qilingan va shu oylik asosida tadbirlar amalga oshiriladi. -Oz- oz o'rganib dono bo'lur, Qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur. Bu hikmatli so'zlar kimning qalamiga mansub? O'tilgan mavzuni so'rash va mustahkamlash: O'qituvchi:-Bolalar, ayting,biz qanday sonlar bilan tanishdik? O'quvchilar:-0 dan 10 gacha bo'lgan sonlar bilan. O'qituvchi: Bir xonali va ikki xonali sonlarni ayting O'quvchilar : 1,2,3,4,5,6,7,8,9 bir xonali sonlar 10,11,12,13,14,15,16,17,18,19,20 ikki xonali sonlar O'qituvchi: Ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrating O'quvchilar javobini tekshirish va rag'batlantirish Yangi mavzuning bayoni: O'quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirish 20 sonining tarkibini og'zaki misollar orqali hosil qilish 20=2 ta o'nlik, 20 ta birlik 20 ikki xonali son ekanligi haqida o'quvchilarga ma'lumot beriladi Aziz bolajonlar bugungi darsimizni Yurtimiz bo'ylab sayohat deb ...

Joylangan
31 Aug 2022 | 11:05:45
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
646.79 KB
Ko'rishlar soni
363 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:20
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
31 Aug 2022 [ 11:05 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
646.79 KB
Ko'rishlar soni
363 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:20 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan