Dars ishlanma
Fan. Matematika Sinf. 4 Mavzu. Kasrlar haqida tushuncha. Darsning maqsadi: a) ta'limiy: o'quvchilarga kasr haqida tushuncha berish, bilimlarini kengaytirish. FK: kasr haqida tasavvurlarini boyitish. b) tarbiyaviy: do'stona munosabatda bo'lishga o'rgatish, hamkorlikda ishlash. TK 4: tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash. d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarning mustaqil va erkin fikrlashini rivojlantirish. FK2: yangi bilmlar hosil qilish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodi: Tushuntirish, Xotira mashqi, Moslashuv mashqi. Tez top o'yini Darsning jihozi: Dasrlik, mavzuga oid ko'rgazmalar, A4 qog'oz, marker, skotch, olma, multimediya ilovalari . Darsning borishi: I. tashkiliy qism. Salomlashish. Navbatchi orqali davomadni aniqlash, o'quvchilar darsga tayyorgarligini ko'rib chiqish. Ma'naviyat daqiqasi o'tkaziladi. Ekranda Muso al-Xorazmiy haqida 2 daqiqalik film namoyish etiladi. O'quvchilar tomonidan kun yangiliklari e'lon qilinadi. 9-fevral bobomiz Alisher Navoiyning 577 yilik tavalludi nishonlandi. 14-fevral- shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. O'quvchilar guruhlarga bo'linib, guruh sardorlari aniqlanadi. 1.Muso al-Xorazmiy 2.Ahmad al-Farg'oniy 3.Mirzo Ulug'bek II. O'tgan mavzuni mustahkamlash. Darslikning 139-betidagi 623-misol tekshirilib baholanadi. Xotira mashqi o'tkaziladi. O'quvchilarga ko'p xonali sonlar ko'rsatilib, eslab qolingan sonlarni daftarga yozish buyuriladi. Masalan, 312, 95, 6491, 5505. II. Yangi mavzu. O'quvchilarga olma ko'rsatiladi. Uning rangi, shakli, ta'mi, foydasi (vitaminga boy), tabiat in'omi ekanligi tushuntiriladi. Olma teng ikkiga bo'linadi. So'ng teng to'rtga bo'lib ko'rsatiladi. Bir bo'lagi bir o'quvchiga beriladi. Demak, 4 qismga bo'lingan olmaning bir bo'lagi olindi, ya'ni to'rtdan bir qismi. Kasr haqida o'quvchilarga tushuncha beriladi. Mavzu ekranda ko'rsatilib, tushuntiriladi. Darslik bilan ishlash. Darslikdagi 625-misolda rasm nimasi bilan bir-biriga o'xshashligi tushuntiriladi. 626-misolda berilgan AB kesmani o'lchab, daftarga chizadilar. O'quvchilardan kesma, to'g'ri chiziq, nur haqidagi bilimlar aniqlanadi. Faol ...