3-sinf Musiqa Doira dum-dum dars ishlanmasi

3-sinf Musiqa Doira dum-dum dars ishlanmasi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf Musiqa Doira dum-dum dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI VILOYATI tuman -umumiy o'rta ta'lim maktabi musiqa fani o'qituvchisi ning 3-sinf musiqa fanidan 1 soatlik 3-sinf Musiqa fani dars ishlanmasi Mavzu: Doira dum-dum Dars turi: Yangi bilim berish Dars metodi: Interfaol (savol-javob, musiqiy eshittirish, amaliy mashg'ulot) Jihozlar: Doira, musiqa yozuvlari, multimedia vositalari Darsning maqsadi: Ta'limiy: O'quvchilarga doira cholg'u asbobi haqida tushuncha berish, uning ijro texnikasini o'rgatish. Tarbiyaviy: O'quvchilarda milliy cholg'ularga bo'lgan qiziqishni oshirish, estetik didni shakllantirish. Rivojlantiruvchi: Musiqa eshitish madaniyatini rivojlantirish, ritmni sezish qobiliyatini shakllantirish. Darsning borishi: I. tashkiliy qism (5 daqiqa) Salomlashish, davomatni aniqlash. O'quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. Dars mavzusi va maqsadi bilan tanishtirish. II. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa) Doira - milliy zarbli cholg'u asbobi ekanligi tushuntiriladi. Doira tovushining xususiyatlari va ijro uslublari haqida ma'lumot beriladi. O'quvchilarga doiraning asosiy zarblari (chapak, chertish, urish) ko'rsatiladi. Doira sadolari bilan ijro etilgan mashhur kuylar tinglatiladi. Kutilayotgan natijalar: O'quvchilar doiraning asosiy xususiyatlarini bilib oladilar. Doirani chalish bo'yicha dastlabki ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Musiqa eshitish va ijrochilik qobiliyatlari rivojlanadi. DOIRA DUM-DUM Doira dum-dum-a, bahori mavsum-a, Kelsa bahor, gulg'unchalar qilar tabassum-a. Doira dum-dum-a, bahori mavsum-a, Kelsa bahor, gulg'unchalar qilar tabassum-a. Bak-bakabum ovozing, o'tda toblanar sozing, Davramizga kela qol-ey, qo'shiq avjida o'zing. Gir aylanib o'ynayman, chir aylanib o'ynayman, Doiraning zavqiga-yey, qo'shiq kuylab tolmayman. Gir aylanib o'ynayman, chir aylanib o'ylayman, Doiraning zavqiga-yey, qo'shiq kuylab tolmayman. Naqarot: Doira dum-dum-a, bahori mavsum-a, Kelsa bahor, gulg'unchalar qilar tabassum-a. Tantanalar gulisan, an'ana, udumisan, Jaranglaydi ovozing-ey, davrada eng zo'risan. Gir aylanib o'ynayman, chir aylanib o'ynayman, Doiraning zavqiga-yey, qo'shiq kuylab to'ymayman. Gir aylanib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 247.9 KB
Ko'rishlar soni 3 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:29 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 247.9 KB
Ko'rishlar soni 3 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga