3-sinf Musiqa Musiqiy meros

3-sinf Musiqa Musiqiy meros

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf Musiqa Musiqiy meros - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI VILOYATI tuman -umumiy o'rta ta'lim maktabi musiqa fani o'qituvchisi ning 3-sinf musiqa fanidan 1 soatlik 3-SINF MUSIQA FANIDAN DARS ISHLANMASI Mavzu: Musiqiy meros Dars turi: Yangi bilim beruvchi Darsning maqsadi: Ta'limiy: O'quvchilarga milliy musiqiy meros haqida tushuncha berish, xalq qo'shiqlari va mumtoz musiqaning ahamiyatini tushuntirish. Tarbiyaviy: O'quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik va san'atga muhabbat uyg'otish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirish, kuylash malakalarini shakllantirish. Dars jihozi: Audiotexnika (musiqa tinglash uchun) Milliy cholg'ular suratlari Mashhur bastakorlar va hofizlar rasmlari Videoroliklar Kutilayotgan natija: O'quvchilar milliy musiqiy meros haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Mashhur o'zbek hofiz va bastakorlarini taniydilar. O'zbek xalq qo'shiqlarini kuylashni o'rganadilar. Milliy san'atga hurmat hissi rivojlanadi. Darsning taqsimoti: Darsning borishi: I. tashkiliy qism (5 daqiqa) Salomlashish, davomadni tekshirish. O'quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash. Dars maqsadini tushuntirish. II. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa) O'qituvchi milliy musiqiy meros tushunchasi bilan tanishtiradi. O'zbek xalq qo'shiqlari va mumtoz musiqalar haqida ma'lumot beradi. Mashhur hofiz va bastakorlar haqida qisqacha tushuncha beriladi (Yunus Rajabiy, Munojat Yo'lchiyeva, Komiljon Otaniyozov va boshqalar). O'quvchilarga «Lazgi», «Tanovar» kabi milliy kuylarni tinglatish. MUSIQIY MEROS Yunus Rajabiy - O'zbekiston Xalq artisti, taniqli hofiz, bastakor. Yunus Rajabiy butun umrini shashmaqom san'ati - o'zbek milliy musiqa merosini yig'ishga va o'rganishga bag'ishlagan Shashmaqom - Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Rost, Iroq deb ataladigan olti qismdan iborat bo'lib, uning har bir qismi bir qancha kuy va maqomlardan tashkil topgan. Maqom - arab tilidan olingan bo'lib, istiqomat, turar joy ma'nolarini bildiradi. Musiqiy ma'noda esa maqom kuy va qo'shiqlarni tashkil etadigan tovushlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 618.5 KB
Ko'rishlar soni 8 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:29 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 618.5 KB
Ko'rishlar soni 8 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga