1-sinf Alifbe P tovushi va Pp harfi dars ishlanma

1-sinf Alifbe P tovushi va Pp harfi dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Alifbe P tovushi va Pp harfi dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI VILOYATI MMTB TUMANI MMTBga QARASHLI - SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI NING 1-SINFLARDA ALIFBE FANIDAN TAYYORLAGAN BIR SOATLIK OCHIQ Dars mavzusi: P tovushi va Pp harfi O'quv materiali:Kapalak bilan asalari matni. Ta'limiy maqsad: O'quvchilarni p tovushi va Pp harflari bilan tanish-tirish. O'quvchilarni p tovushini so'z tarkibida to'g'ri talaffuz qilishga, Pp harfli bo'g'in, so'zlarini o'qishga o'rgatish. Tarbiyaviy maqsad: Tabiatdagi hasharotlarning foydali tomonlarini aytish, ularga zarar yekazmaslikka da'vat etish, mehnatsevarlik fazilatini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning o'qish ko'nikmalarini o'sti-rish. Lug'atni pilla, poyga, posbon so'zlari bilan boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish. Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi. Dars metodi: Analitik-sintetik tovush metodi, suhbat, tushuntirish, mu-nozara, ko'rgazmalilik. Charxpalak ta'lim texnologiyasi, So'z top didaktik o'yini. Dars jihozi: Texnik vositalar, kesma harflar, P harfiga oid rasmlar, tex-nologiya uchufi rasmli tarqatma materiallar. Fanlararo bogianish: Atrofimizdagi olam, matematika, musiqa. Tayanch atamalar: p tovushi, Pp harlari. Dars shiori: Oldin o'yla, keyin so'yla. Darsning borishi I. Darsni tashkil etish: 1. O'quvchilarni darsga hozirlash. 2. Dars shiori ustida ishlash. 3. O'quvchilarga darsda to'gri o'tirish qoidasini eslatish. II. O'tilgan mavzularni takrorlash. l.Charxpalak texnologiyasi. Ushbu jarayon bir necha bosqichdan iborat: 1-bosqich. Sinf o'quvchilarini to'rtlik guruhlariga ajratish. Har bir guruh uchun harf yozilgan A3 formatidagi qog'oz va kesma bo'g'inlar berish. 2-bosqich. O'quvchilar berilgan harf bilan boshlanadigan so'zlarni bo'g'inlar yordamida hosil qilib yopishtiradilar. Bir guruh so'zni hosil qilib, 2-guruhga beradi u guruh esa 3-guruhga uzatadi. Ish shu tarzda charxpalak kabi davom ettiriladi. 3-bosqich. Taqdimot qilinadi: har bir guruh o'z tarqatmalaridagi so'zlarni o'qib beradilar va birgalikda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 5.83 MB
Ko'rishlar soni 675 marta
Ko'chirishlar soni 212 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:18 Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 5.83 MB
Ko'rishlar soni 675 marta
Ko'chirishlar soni 212 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc, docx
Tepaga