DARS ISHLANMASI (KONSPEKT) Dars sanasi: Sinf: Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: Alifbo, Alifboni o'rgandim she'ri Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mavzuni to'liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarning o'zaro bir-birlari bilan do'stona munosabatlarini tarbiyalash rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko'rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, Alifbe varag'iga moslab ishlangan ko'rgazmali qurol Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: O'tgan darsimizda qaysi tovushni o'rgangan edingiz? Do'stlik haqida o'rgangan edik Sinfdosh bir-biri bilan qanday munosabatda bo'lmog'I kerak? Do'stlaringiz ko'pmi? She'rni kim ifodali aytib beradi? Do'stlik haqida maqollardan ayting Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o'qib takrorlanadi. 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e'lon qilinadi. - Hurmatli bolajonlar, bugun biz siz bilan yil boshidan buyon Alifboning barcha harflarini o'rganib oldik. Endilikda siz har qanday so'zlarni bemalol yoza olasiz, o'qiy olasiz! Endi Alifbe bayramiga tayyorgarlik ko'rib, Alifbo kitobi bilan bilan tantanali ravishda xayrlashamiz. ALIFBONI O'RGANDIM Mana endi alifbodan Chiqib qoldi savodim, Bag'ishlayman senga, Vatan, Bor bilimim, sabotim. Diyorim - hur O'zbekiston Gullar yurti bo'lajak. Kutar meni baxtli davron - Go'zal, porloq kelajak. O'quvchilarga she'r o'qitiladi. She'r yuzasidan suhbat o'tkaziladi. 4. Dam olish daqiqasi Alifbe bayrami matni ifodali o'qiladi. Mavzu yuzasidan suhbat o'tkaziladi. IV.Yangi mavzuni ...

Joylangan
10 Sep 2022 | 22:56:08
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.32 KB
Ko'rishlar soni
499 marta
Ko'chirishlar soni
92 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Sep 2022 [ 22:56 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.32 KB
Ko'rishlar soni
499 marta
Ko'chirishlar soni
92 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:12 ]
Arxiv ichida: doc