1-sinf Alifbe CH tovushi va Ch ch harflarini mustahkamlash dars ishlanma

1-sinf Alifbe CH tovushi va Ch ch harflarini mustahkamlash dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Alifbe CH tovushi va Ch ch harflarini mustahkamlash dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Dars sanasi: Sinf: 1- Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: Ch tovush va Ch ch harflarini mustahkamlash. Charos -chaqqon matni. Sinfdan tashqari o'qish. Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mavzuni to'liq yetkazish, Ch tovushi va Ch ch harflari haqida bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarga o'zidan kattalarga hurmatda bo'lish, ularning hurmatini joyiga qo'yish tuyg'ularini tarbiyalash rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko'rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, Alifbe varag'iga moslab ishlangan ko'rgazmali qurol Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: O'tgan darsimizda qaysi tovushni o'rgangan edingiz? Chaqaloq so'zi necha bo'g'inli? Ch tovushini cho'zib aytib bo'ladimi? Ch harfi qaysi harflar birikishidan hosil bo'lgan? Chumoli, Barchin so'zlarini bo'g'inlarga ajratib yozib bering Ch harfini talaffuz qiling (Birgalikda talaffuz qilinadi) Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. O'quvchilardan o'rganilgan harflar so'raladi va p harfi ishtirokida Qoplon tez yugurdi gapi kesma bo'g'inlar yordamida yozdiriladi va o'qitiladi. 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e'lon qilinadi. Ch tovushining hosil bo'lish o'rni va undosh tovush ekanligi o'quvchilardan so'raladi va eslatiladi. O'rganilgan ch tovushining talaffuzi, bu tovushning yozuvdagi ifodasi o'quvchilarga yozib ko'rsatiladi. Ch harfi bilan boshlanadigan so'zlardan aytiladi. Ch tovushi talaffuz qildiriladi. Darslik bilan ishlash. Darslikda berilgan so'zlar bo'g'inlarga bo'lib o'qiladi: Che-lak chin-ni Cha-ros Chaq-moq cha-noq Chir-chiq Rasm asosida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 276.89 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:13 Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 276.89 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc, docx
Tepaga