1-sinf Alifbe E tovushi va Ee harflarini mustahkamlash dars ishlanma

1-sinf Alifbe E tovushi va Ee harflarini mustahkamlash dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Alifbe E tovushi va Ee harflarini mustahkamlash dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Dars sanasi:-yil Sinf: 1- Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: E tovush va Ee harflarini mustahkamlash. Temur bobom she'ri Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarni E tovushi va E e harflari haqida olgan bilimlarini aniqlash va mustahkamlash tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda ajdodlar merosini qadrlash, ularga hurmat tuyg'ularini tarbiyalash rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko'rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, Alifbe varag'iga moslab ishlangan ko'rgazmali qurol Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1.tashkiliy qism. O'quvchilar bilan salomlashish. O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini birgalikda kuylash. Fasl, ob-havo haqida suhbatlashish. 2. O'tgan mavzuni aniqlash O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: O'tgan darsimizda qaysi tovushni o'rgangan edingiz? E tovushi bilan tanishgandik E tovushi qanday tovush? e tovushi unli tovush e harfini harf lentasidan ko'rsating elak, terak so'zlarini bo'g'inlarga ajratib yozib bering e harfini talaffuz qiling (Birgalikda talaffuz qilinadi) Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. O'quvchilarga ekin, terak, eshik so'zlari kesma bo'g'inlar yordamida tuzdiriladi, rasmlari ko'rsatilib, so'zlarning ma'nosi izohlanadi. Ushbu so'zlar birgalikda aytiladi. E harfi ajratib olinib, talaffuz qilinadi. E tovushi bilan tanishtiriladi. Darslik bilan ishlash. Darslikda berilgan so'zlar bo'g'inlarga bo'lib o'qiladi: Te-ri ke-lin be-da El-bek Te-rak te-mir be-kat El-yor Te-rim ket-mon be-da-na yer-kin O'quvchilarga e tovushi talaffuz qildiriladi. So'zlar takrorlanadi. Ushbu so'zlardan e tovushi farqlanadi. Sohibqiron Amir Temurning rasmi asosida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilarga sohibqiron haqida ma'lumot beriladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.5 KB
Ko'rishlar soni 362 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.5 KB
Ko'rishlar soni 362 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga