Dars sanasi: Sinf: 1- Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: F tovush va F f harflarini mustahkamlash. Futbol matni. Sinfdan tashqari o'qish. Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mavzuni to'liq yetkazish, F tovushi va F f harflari haqida bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarning vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko'rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, Alifbe varag'iga moslab ishlangan ko'rgazmali qurol Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: O'tgan darsimizda qaysi tovushni o'rgangan edingiz? fasl so'zi necha bo'g'inli? Mukofot, farzand so'zlarini bo'g'inlarga ajratib yozib bering f harfini talaffuz qiling (Birgalikda talaffuz qilinadi) Odob haqida maqollardan ayting Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o'qib takrorlanadi. 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e'lon qilinadi. F tovushining hosil bo'lish o'rni va undosh tovush ekanligi o'quvchilarda so'raladi. O'rganilgan f tovushining talaffuzi, bu tovushning yozuvdagi ifodasi o'quvchilarga yozib ko'rsatiladi. F harfi bilan boshlanadigan so'zlardan aytiladi. f tovushi talaffuz qildiriladi. Berilgan so'zlar bo'g'inlarga bo'lib o'qiladi: Fur-qat Fe-ru-za Fo-rish Far-hod Fa-zi-lat Far-g'o-na Fo-zl Ni-lu-far Za-raf-shon Darslikda berilgan rasm asosida kichik hikoya tuzish mustaqil ish qilib beriladi. O'quvchilar tuzgan hikoyalarini o'qib beradilar. Matn ifodali o'qib beriladi. FUTBOL Fozil, Zafar, Afzal maktabda to'p o'ynaydilar. Fozil to'p tepishni sevadi. U darvozaga ...

Joylangan
10 Sep 2022 | 22:56:08
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, doc
Fayl hajmi
6.08 MB
Ko'rishlar soni
549 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:17
Arxiv ichida: pptx, doc
Joylangan
10 Sep 2022 [ 22:56 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, doc
Fayl hajmi
6.08 MB
Ko'rishlar soni
549 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:17 ]
Arxiv ichida: pptx, doc