1-sinf Alifbe G' tovushi va G'g' harfi dars ishlanma

1-sinf Alifbe G' tovushi va G'g' harfi dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Alifbe G' tovushi va G'g' harfi dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

1-sinf Alifbe Sana Dars mavzusi: G' tovushi va G'g' harflari. Ta'limiy maqsad: O'quvchilarni g' tovushi va G'g'harflari bilan tanishtirish, g' tovushi va g' tovushli so'zlarni o'qishga o'rgatish. Tarbiyaviy maqsad: Ona tabiatni asrab-avaylash hissini uyg'otish. Ekologik tarbiya berish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarda kitob o'qishga havas uyg'otish, ularning nutqini g'ijjak, g'ayrat kabi so'zlar bilan boyitish. To'g'ri, tez, aniq, ravon o'qish ko'nikmalarini o'stirish. Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi. Dars metodi: Analitik-sintetik tovush metodi, suhbat, tushuntirish, ko'rgazmalilik, didaktik o'yin: Iztopar, Nima yo'qolib qoldi? o'yinlari. Dars jihozi: Texnik vositalar, kesma harflar, harf kassasi, nomida g' tovushi qatnashgan rasmlar, didaktik o'yin uchun turli harflar yozilgan figuralar. Fanlararo bog'lanish: Atrofimizdagi olam, matematika. Darsning borishi Darsni tashkil etish: Sinfni darsga hozirlash. O'quvchilarni dars shiori bilan tanishtirish. Dars shiori: Odobli bola - elga manzur. O'tilgan mavzularni takrorlash. Iztopar didaktik o'yini. O'yin yordamida o'rganilgan tovush va harflarni takrorlash. Ushbu jarayon bir necha bosqichdan iborat: 1-bosqich: Sinf o'quvchilariga o'yin sharti tanishtiriladi. Doskaga kesma harflar orqali so'zlarning ba'zi bir harfi tushirib terib qo'yiladi. 2-bosqich: Iztopar o'quvchi shu harflarni harf kassasidan topib, bo'sh o'ringa qo'yadi va hosil bo'lgan so'zni o'qiydi. To'g'ri topgan o'quvchi rag'batlantiriladi. Harf kassasidan unli va undosh harflarni guruhlab o'qitish. O'quvchilar unli va undosh harflarni guruhlab o'qiydilar. Unli va undosh haflarning xususiyatlari haqida savol-javob o'tkaziladi. Kesma bo'g'inlardan so'z tuzish va o'qish: kak-lik, bo-bo, lo-la, o-na, … Darslik bilan ishlash: Maqtanma g'oz ertagini ifodali o'qitish. Har bir qatordan Ifodali nutq egasi ni topish. Darslikdagi bo'g'inlar jadvali va so'zlarni o'qitish Yangi mavzu bayoni: G' tovushining talaffuzini o'rgatish.( g'e, g'a, g'u, g'o' bo'ginlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc, docx, mp4
Fayl hajmi 22.5 MB
Ko'rishlar soni 374 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:17 Arxiv ichida: pptx, doc, docx, mp4
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc, docx, mp4
Fayl hajmi 22.5 MB
Ko'rishlar soni 374 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, doc, docx, mp4
Tepaga