1-sinf Alifbe O' tovushi va O' o' harflarini mustahkamlash dars ishlanma

1-sinf Alifbe O' tovushi va O' o' harflarini mustahkamlash dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Alifbe O' tovushi va O' o' harflarini mustahkamlash dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Dars sanasi: Sinf: Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: O' tovush va O' o' harflarini mustahkamlash. To'rtko'l matni Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga yangi mavzuni to'liq yetkazish mavzuga oid bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishga o'rgatish rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko'rgazma, harf xaltasi, kesma harflar Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: O'quvchilarni darsga tayyorlash. O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini birgalikda kuylash. O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: O'tgan darsimizda qaysi tovushni o'rgangan edingiz? O' tovushi bilan tanishgandik O' tovushi qanday tovush? O' tovushi unli tovush Nima uchun? O' tovushi cho'zib aytiladi, uning talaffuzida olingan havo to'siqqa uchramaydi. Unli tovush bo'g'in hosil qiladi. Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. ' O'quvchilardan o'rganilgan harflar so'raladi va o' harfini harf xaltadan olib ko'rsatadilar, o' harfi ishtirokida ko'l, o'roq, o'rmon so'zlari kesma harflar yordamida yozdiriladi va o'qitiladi II. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Darslikda berilgan so'zlar bo'g'inlarga bo'lib talaffuz qilinadi: To'rt ko'-rik ko'-mir O'k-tam O'l-ka ko'-mak ko'-kat To'-lan O'r-ta ro'-mol ko'k-lam O't-kir O'quvchilar ham takrorlaydilar. Bo'g'inlarga bo'lib talaffuz qilinadi. Qaysi tovush cho'zib talaffuz qilinyapti? O' tovushi O' tovushi birgalikda va yakkatartibda talaffuz qilinadi. 2.Darslikda 27-sahifada berilgan To'rtko'l mavzusidagi rasmning mazmuni so'zlatiladi. Rasm asosida og'zaki hikoya tuziladi. Rasmda ko'rib turgan narsalarning nomlari aytiladi. Rasmda nimalarni ko'ryapsiz? Rasmda ikki o'rtoqning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 2.09 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:17 Arxiv ichida: pptx, doc
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 2.09 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, doc
Tepaga