1-sinf Alifbe Og'zaki va yozma nutq Gap haqida amaliy tushuncha dars ishlanma

1-sinf Alifbe Og'zaki va yozma nutq Gap haqida amaliy tushuncha dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Alifbe Og'zaki va yozma nutq Gap haqida amaliy tushuncha dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana:2020-yil Fan nomi: Alifbe Sinf: 1- Dars mavzusi: Darslik bilan tanishtirish. Mustaqillik darsi. Og'zaki va yozma nutq. Gap haqida amaliy tushuncha Ta'limiy maqsad: o'quvchilarga Ozodlik, Mustaqillik, Obod so'zlarini lug'aviy ma'nosini tushuntirish, Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi yo'lida jon fido qilgan insonlarni tanitish .O'quvchilarga og'zaki va yozma nutq haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad; o'quvchilarda Vatanga muhabbat, yashab turgan joylariga, tarixiga nisbatan g'ururni kelajakka bo'lgan ishonchni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: O 'quvchilarda Mustaqillik,Maktab haqidagi tushunchalarini snakllantirish, og'zaki nutqini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish. O'zini-o'zi rivojlantirish kompetensiyasi: o'quv fanlarini o'rganish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: maktabda, oilada bo'layotgan jarayonlarda ishtirok etish; Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi. Dars metodi:Suhbat , tushuntirish, ko'rgazmalilik, aqliy hujum. Dars jihozi: Mustaqillik yillari bunyod etilgan inshootlar,tarixiy shaxslar tasvirlangan foto-albom, AKT, davlat ramzlari. Darsning borishi I. tashkiliy qism. a) O'quvchilar bilan salomlashish b) O'quvchilar davomatini aniqlash II.O'quvchilar bilan kirish suhbati o'tkazish. O'quvchilarni bilimlar kuni bilan tabriklab, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1-sinf o'quvchilariga berilgan o'quv qurollari va dars tartibi bilan tanishtirish. O'quvchilarga kelajakda davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan e'tiborga munosib o'quvchi bo'lishga tilaklar bildirish . II. Yangi mavzu bayoni Alifbe darsligi bilan tanishtirish. Alifbe darsligi asosida savodlari chiqarishi to'g'risida ma'lumot berish. Darslikda tasvirlangan 1-sentabr Mustaqillik bayrami rasmiga qarab , quyidagi savollar beriladi. Rasmda qayerlar tasvirlangan? Insonlar qanday ko'rinishda tasvirlangan? Maktab tasviri haqida bolalarga ism qo'yadilar.Bilimlar kuni ,Maktab atalmish dargoh haqida suhbat o'tkaziladi.O'quvchining oquv qurollari, sinf jihozlari bilan tanishtiriladi.Partada o'tirish va yozish qoidalari tushuntiriladi. Po'lat Mo'minning V atan-bu… she'rini ifodali o'qib berish. Vatan deganim bu - Aslida Vatan bu - Yurak deganim ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.71 KB
Ko'rishlar soni 477 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:18 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.71 KB
Ko'rishlar soni 477 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga