Dars sanasi: Sinf: 1- Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: P tovush va P p harflarini mustahkamlash. Bilasanmi? matni. Sinfdan tashqari o'qish Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mavzuni to'liq yetkazish, P tovushi va P p harflari haqida bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarga o'zidan kattalarga hurmatda bo'lish, ularning hurmatini joyiga qo'yish tuyg'ularini tarbiyalash rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko'rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, Alifbe varag'iga moslab ishlangan ko'rgazmali qurol Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: O'tgan darsimizda qaysi tovushni o'rgangan edingiz? P tovushi bilan tanishgandik Paxta so'zi necha bo'g'inli? p tovushini cho'zib aytib bo'ladimi? Yo'q, chunki undosh tovush. P harfini harf lentasidan ko'rsating Poyezd, paxtakor so'zlarini bo'g'inlarga ajratib yozib bering P harfini talaffuz qiling (Birgalikda talaffuz qilinadi) Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. O'quvchilardan o'rganilgan harflar so'raladi va p harfi ishtirokida Paxtalar oppoq bo'lib ochildi. gapi kesma bo'g'inlar yordamida yozdiriladi va o'qitiladi. 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e'lon qilinadi.Poyezd rasmi ko'rsatilib uning nomi o'quvchilardan so'raladi. Poyezd so'zi grafik jihatdan tahlil qilinadi. Savol-javobdan keyin p undosh tovushining hosil bo'lish o'rni haqida o'rgatiladi.O'rganilgan P tovushining talaffuzi, bu tovushning yozuvdagi ifodasi o'quvchilarga yozib ko'rsatiladi. P harfi bilan boshlanadigan so'zlardan aytiladi. P tovushi talaffuz qildiriladi. Darslik bilan ishlash. Darslikda berilgan so'zlar ...

Joylangan
10 Sep 2022 | 22:56:08
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.16 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Sep 2022 [ 22:56 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.16 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:18 ]
Arxiv ichida: doc