1-sinf Alifbe Qish fasli, qish matni dars ishlanma

1-sinf Alifbe Qish fasli, qish matni dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Alifbe Qish fasli, qish matni dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Fani : Alifbe Sinfi : 1- Mavzu : Mustahkamlash. Qish. Darsning maqsadi: 1.Ta'limiy maqsad. O'quvchilarga Qish matnini o'qish orqali qish fasl haqidagi tushunchalarini boyitish, tabiatiga muhabbat uyg'otish . 2.Tarbiyaviy maqsad. O'quvchilarda estetik didni , tabiat manzaralarini qadrlash fazilatlarini tarbiyalash.Tabiatdagi hodisalar bilan tanishtirish.Tabiat ehsonlarini qadrlashga o'rgatish. Qish fasliga nisbatan zavq uyg'otish. 3.Rivojlantiruvchi maqsad. O'quvchilarning yil fasllari haqidagi bilimlarini Chuqurlashtirish, tovush va harflarni to'g'ri talaffuz, to'g'ri o'qish, ko'nikmalarini oshirib borish, so'z boyligini oshirib borish , rasm asosida gap tuzishga o'rgatib borish. Darsning metodi: Izohli o'qish, Tarmoqlash, Savol-javob, Guruhlar bilan ishlash Dars turi : Yangi bilim beruvchi. Darsning jihozi: Kompyuter qurilmasi, slay, rangli rasmlar. 1.tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. 2.O'tilgan mavzuni takrorlash 6x6 o'yini yordamida. 6x6 o'yini O'qituvchi - G'alla so'zi nechta bo'g'indan iborat? O'quvchi - G'alla - ikki bo'g'indan iborat. O'qituvchi -Bu so'zda nechta tovush va harf bor? O'quvchi -Beshta tovush va beshta harf bor. O'qituvchi -Xattaxtada G'alla so'zining andozasini chizing. O'quvchi - 3.Yangi mavzuni bayoni 1) O'quvchilarni darsga hozirlash, qiziqtirish, harakatga keltirish, mavzuni mustaqil anglab yetishlari uchun topishmoqlardan foydalanish.O'quvchilarda yangi mavzuni o'rganishga qiziqish uyg'otish, topishmoq aytish yo'li bilan dars mavzusini aniqlaymiz. Elakdan un elandi, Supra unga belandi. (Qor) Oppoqqina dasturxon Yer yuzini qolagan (Qor) Qor qaysi faslda yog'adi ? Demak bugun o'rganadigan mavzumiz qor haqida ekan. Qor qish faslida yog'adi. Qish Qish keldi. Oppoq qor yog'di. Hamma yoq qor bilan qoplandi. Bolalar o'ynagani tepalikka yig'ildilar. G'ulom bilan G'ani chanada uchishdi. Marg'uba chang'ida uchdi. Guli bilan G'iyos qorbobo yasashdi. O'quvchilar birma-bir mavzuni o'qib izohlashadi. O'qituvchi: Aziz bolajonlar quyidagi maqolni sharhlaymiz. Yangi mavzuni mustahkamlash: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 3.96 MB
Ko'rishlar soni 379 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:18 Arxiv ichida: pptx, doc
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 3.96 MB
Ko'rishlar soni 379 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, doc
Tepaga